Get Mystery Box with random crypto!

Qurilish-montaj ishlari davom etmoqda 'Urganchtransgaz' UK bu | URGANCHTRANSGAZ_INFO

Qurilish-montaj ishlari davom etmoqda

"Urganchtransgaz" UK buyurtmachiligida “Amudaryo o‘ng qirg‘og‘i” kollektorining loyihalashtirilayotgan “Gazli-Sarimoy” (diametri 1220 mm) gaz quvuri, “Buxoro-Ural” I, II, III tarmoq (diametri 1020 mm) gaz quvurlarining, diametri 530 mm bo‘lgan “Sarimoy-Gazli” I, II tarmoq suv quvurlarining 42-kilometridagi kesishmalarini qurish” obyektida pudratchi Urganch qurilish-montaj boshqarmasi quruvchilari jadal surʼatda qurilish-montaj ishlarini olib boryapti.

Hozirga qadar, “Gazli-Sarimoy” I, II tarmoq suv quvuri, “Buxoro-Ural” magistral gaz quvurining 1020 mm diametrli I tarmog‘i hamda 1220 mm diametrli magistral gaz quvurlarining kollektor ustidan havo orqali o‘tuvchi qismlarining tayanch ustunlari o‘rnatildi. “Buxoro-Ural” magistral gaz quvurining I tarmog‘ida gidro sinov ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi va asosiy tarmoqqa ulash ishlari davom ettirilmoqda.

UTG.UZ|Facebok|Instagram|YouTube|Telegram