Get Mystery Box with random crypto!

#Oztransgaz_fidoyilari #ustoz_otangdek_ulug‘ Bahodir Yusupov | URGANCHTRANSGAZ_INFO

#Oztransgaz_fidoyilari
#ustoz_otangdek_ulug‘

Bahodir Yusupov - "Urganchtransgaz" unitar korxonasining Zaung‘ur magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli “Xiva-2” gaz taqsimlash stansiyasi operatori. U magistral gaz quvurlari tizimida qariyb 20 yildan buyon halol mehnat qilib ro‘zg‘or tebratmoqda.

Bahodir aka magistral gaz quvurlari tizimida 40 yildan ortiq mehnat qilgan otasi izidan borib tabiiy gaz sohasi mutaxassisi kasbini tanlagan edi. U bu yo‘lni tanlaganidan afsuslanmaydi va baholi-qudrat ishlab kelmoqda. O‘z kasbining fidoyilaridan biri bo‘lgan Bahodir aka bugun yoshlarga ish o‘rgatadigan ustozlardan biriga aylangan.