Get Mystery Box with random crypto!

Urganch tumani hokimligi

Telegram kanalining logotibi urganch_tuman_news — Urganch tumani hokimligi U
Telegram kanalining logotibi urganch_tuman_news — Urganch tumani hokimligi
Kanal manzili: @urganch_tuman_news
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.30K

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-04-11 11:22:37
#befarqemasman

Фаррух Суюнов, Шаҳрисабз шаҳар "Катта новқат" МФЙ ёшлар етаечиси:

— Ёшларга эътибор юртимизда давлат сиёсати даражасига кўтарилди. Ёшларнинг ҳуқуқ ва манфаатларини ҳимоя қилиш, истеъдодларини рўёбга чиқариш мақсадида кенг кўламли ишлар амалга оширилмоқда. Хусусан, Ўзбекистон Қонунчилик палатаси, Сенати ҳузурида Ёшлар парламенти тузилди. Ҳозирги кунда Ёшлар парламенти Олий Мажлис томонидан қабул қилинаётган қонунларга ўз таклиф ва мулоҳазаларини билдириб келмоқда. Янгиланаётган Бош Қомусимизда Ўзбекистонда яшаётган ёшларимизни ҳуқуқ ва манфаатлари давлат томонидан кафотланиши белгилаб қўйилмоқда.
Мен олиб борилаётган ислоҳотларга бефарқ эмасман. 30 апрель куни барча ёшларни референдумда иштирок этишга чақираман.

@menbefarqemasman
110 views08:22
Ochish/sharhlash
2023-04-11 08:03:17
Urganch tumani hududiy komissiyasi a'zolari seminar-treningda ishtirok etdi

"O'zbekistonda huquqni muhofaza qilish idoralari, davlat idoralari va fuqarolik jamiyati institutlarining salohiyatini oshirish orqali odam savdosi bo'yicha jinoiy javobgarlikni kuchaytirish" nomli loyiha doirasida Respublika "Istiqbolli avlod" ijtimoiy-axborot markazi Xorazm viloyati bo'limi tomonidan komissiya a'zolari uchun "Odam savdosidan jabrlangan shaxslarni yakuniy identifikatsiya qilish va qayta yo'naltirish borasida odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish hududiy komissiya a'zolarining salohiyatini oshirish" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
  
Seminar davomida spikerlar tomonidan taqdimotlar qilindi.
Shu bilan birga seminar ishtirokchilari kichik guruhlarda amaliy mashg'ulotlarni bajarib, mavzular doirasida yanada ko'proq ma'lumotlarga ega bo'lishdi.
305 views05:03
Ochish/sharhlash
2023-04-10 12:39:38
Urganch tumanidagi barcha qabristonlarida tozalik va obodonlashtirish ishlari olib borildi

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.
Veb-sayt | Facebook | Instagram | Telegram
738 viewsedited  09:39
Ochish/sharhlash
2023-04-10 12:38:17
УРГАНЧ ТУМАНИДА ҲАДЯЛАР УЛАШИЛДИ

Улуғ айём кунларида эҳтиёжманд оилаларни ижтимоий қўллаб-қувватлаш ишлари кенг кўламда амалга оширилмоқда.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.
Veb-sayt | Facebook | Instagram | Telegram
497 viewsedited  09:38
Ochish/sharhlash
2023-04-09 15:54:13
#befarqemasman

Мафтуна Олимова, Шеробод туманидаги ихтисослаштирилган мактабнинг инглиз ва корейс тили фани ўқитувчиси:

— Сўнгги йилларда болаларни 1-синфдан хорижий тилларга ўқитиш йўлга қўйилди. Эндиликда ўқувчиларнинг мактабдаёқ иккита хорижий тилни мукаммал ўрганиб, касбга эга бўлиши бўйича қарор чиқарилди. Хорижий тил ўқитувчиларининг ойлик маошига қўшимча устамалар, ҳақ тўланиши белгиланди. Бу янгиликлар, ўзгаришларга бефарқ эмасмиз.

@menbefarqemasman
512 views12:54
Ochish/sharhlash
2023-04-08 09:36:51
"SALOMATLIK SAYLI"

Aholi orasida kasalliklar profilaktikasini va sog'lom turmush tarzini shakllantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va ko'lamini yanada kengaytirish maqsadida hamda "7 aprel - Butunjahon salomatlik kuni" munosabati bilan Urganch tumanida joylashgan Ko'p tarmoqli poliklinikada "Salomatlik sayli" o'tkazildi.

Tadbirga poytaxtdan kelgan malakali 20 nafar shifokorlar jalb etildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj, surunkali kasalligi bor bemorlarni belgilangan tartibda yuqori texnologik muolajalarni o'tkazish orqali sog'lomlashtirish choralari ko'rildi hamda sog'lom turmush tarzi tamoyillariga rioya qilish, to'g'ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish tog'risida mutaxassislar tomonidan kerakli tavsiyalar va malumotlar berildi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.
Veb-sayt | Facebook | Instagram | Telegram
609 views06:36
Ochish/sharhlash
2023-04-08 09:34:59
«KONSTITUTSIYA MENIKI, SENIKI, BIZNIKI! KONSTITUTSIYA O‘ZIMIZNIKI!»

Урганч шаҳридаги “Surgemed” хусусий клиникаси асосчиси — Шариф Рахимий:

“Клиника учун вилоятга чет элдан икки миллион доллар инвестиция жалб қилинди ва бир йилдан зиёд вақт давомида икки мингдан ортиқ юқори технологик операциялар бажарилди”

Каналга аъзо бўлиш учун:
MediaKontentUz
501 views06:34
Ochish/sharhlash
2023-04-08 09:34:59
#befarqemasman

Шокир Мадаминов, “Ичан қалъа” давлат музейи қўриқхонаси раҳбари:

— Мен 42 йилдан бери маданият, спорт, туризм саҳосида фаолият юритиб келмоқдаман. "Тарихсиз келажак йўқ" дейишади, биз ҳозирда келажак авлодга, моддий ва номоддий меросимизни бус-бутун етказишга ҳаракат қилаяпмиз. Янги Конституциямизда ҳам маданий меросимизни асраб-авайлаш бурчимиз эканлиги мустаҳкамлаб қўйилмоқда. Биз Конституциямизда бўлаётган ўзгаришларга бефарқ эмасмиз!

@menbefarqemasman
466 views06:34
Ochish/sharhlash
2023-04-08 09:27:44
RAMAZON OYINING YAXSHI KUNLARIDAN BIRIDA...

Urganch tumanida joylashgan "Shodlik" restoranida Arboblar, Oltinko'l va Shodlik mahallalarida yashovchi fuqarolarga Urganch tuman hokimligi va "Mahalla" xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tomonidan ro'zadorlar uchun iftorlik dasturxoni yozildi....

Dasturxon atrofida shukronalik hissi bilan duoga qo'l ochildi. Urganch tumani bosh xatibi tomonidan ma'ruza qilindi. Qur'on tilovat o'qildi.

Urganch tumani hokimligi axborot xizmati.
Veb-sayt | Facebook | Instagram | Telegram
566 views06:27
Ochish/sharhlash
2023-04-06 03:53:34
Ayni kunlarda sektorlar rahbarlari, imomlar joylarda iftorlik tashkil etib, hikmatli sabr oyida mehr-muruvvat va saxovat kabi yuksak fazilatlarni keng namoyon etmoqda.

Jumladan, bugun tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i tuman 4-sektor rahbari Saidov Shuhratjon sektorga qarashli  “Xilol” mahallasi Gulbark ko'chasi 17 yo'lak 22 uyda yashovchi hozirgi kunda "Nogironligi" bor ro'yxatida turgan boquvchisini yo'qotgan O'.Yusupovaning xonadonida iftorlik qildi.


Tashrif davomida xonadon egalarining yashash sharoitlari oʻrganildi, xonadonda 3 kishi istiqomat qilishi, 1 ta nogironligi bo'lgan singlisi, 1 ta, farzandi maktab yoshida ekanligi oʻzi esa "Ayollar daftari"da ro'yxatda turganligi maʼlum boʻldi. Tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i tuman 4-sektor rahbari SH.Saidov ushbu xonadonni o'z nazoratiga olib dori-darmon va kerakli yordamlari koʻrsatish yuzasidan o'zining kerakli ko'rsatmalarini berib oʻtdi.


Urganch tumani hokimligi axborot xizmati
233 viewsedited  00:53
Ochish/sharhlash