Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim | Xorazm | Ta'lim Yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Tashkenbayev Ulug‘bek Negmatovich 2021-yil 30-yanvar kuni Urganch davlat universitetining iqtidorli, ijodkor va faol jamoatchi talabalari bilan uchrashdi. Uchrashuvda universitet rektori B.Abdullayev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Xodjaniyozov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor S.Davletovlar ishtirok etdi. Ushbu uchrashuvda Tashkenbayev Ulug‘bek Negmatovich talabalarga bugungi kunda davlatimiz rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan ta’lim tizimidagi islohotlar haqida ma'lumotlar beridi. Shuningdek, maktablarda iqtidorli o‘quvchilar guruhlarini shakllantirish hamda u yerdagi muammoli masalalarni oliy ta’lim bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlariga bog‘lash kerakligi haqida takliflar berdi. O‘z o‘rnida talabalarning fikrlari va g‘oyalarini ham tingladi.

Urganch davlat universiteti rasmiy telegram kanaliga obuna bo‘ling!

Manzil: @UrDU_YOSHLAR