Get Mystery Box with random crypto!

URDU TARIX FAKULTETI

Telegram kanalining logotibi urdu_tarix_fakulteti — URDU TARIX FAKULTETI U
Telegram kanalining logotibi urdu_tarix_fakulteti — URDU TARIX FAKULTETI
Kanal manzili: @urdu_tarix_fakulteti
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 596
Kanalning ta’rifi

Барча саъй-ҳаракатларимиз факультетимиздаги сўнги янгиликларни ўз вақтида қулай ва тезкор хабардор қилиш
👉🏻 @UrDU_Tarix_fakulteti @UrDUTarix_Bot
Мурожат учун:
@alijon_matyoqubov9777

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-04 16:07:27
#BIR_XALQ

Sen mening makonim, vujudim, vatanim

Video made by Millat Production

Bizni kuzating: @eduuz
406 views𝑺𝒉𝒂𝒉𝒛𝒐𝒅 𝑶𝒕𝒐𝒋𝒐𝒏𝒐𝒗, 13:07
Ochish/sharhlash
2022-07-04 16:07:27
#Mening_Konstitutsiyam
#Mening_Vatanim
#Mening_mulohazam

Konstitusiyaviy qonun loyihasiga munosabat

Maqsuda Xajiyeva
"O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi" kafedrasi mudiri, f.f.d., professor

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
395 views𝑺𝒉𝒂𝒉𝒛𝒐𝒅 𝑶𝒕𝒐𝒋𝒐𝒏𝒐𝒗, 13:07
Ochish/sharhlash
2022-07-04 16:07:27 ​#Rektor | #Munosabat | #UrDU

JANNATMAKON YURTNING YAGONA OILASIMIZ!

Ma’lumki, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini isloh qilish bo‘yicha muhokamalar jarayoni ketmoqda. Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar loyihasi ommaviy muhokamaga qo‘yildi. Asosiy Qonunimizga zamon talablaridan fuqarolarimiz istak va xohishlaridan kelib chiqqan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflar berilmoqda.
Aslini olganda, amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, parlamentning o‘zi ham Konstitutsiyaga o‘zgartish kiritish vakolatiga ega ekanligi maʼlum. Shunga qaramay, Prezidentimiz bu boradagi qonun loyihasini umumxalq muhokamasida ko‘rib chiqishni hamda referendum o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilishni taklif etganligi mamlakatimizda “Inson qadri uchun”, “Inson-jamiyat-davlat” kabi ezgu gʻoyalar hamisha, hamma narsadan ustunligi ekanidan dalolatdir.
Ming afsuski, ayrim joylarda masalaning mohiyatini talqin qilishda tushunmovchilik holatlari ham uchramoqda. Kuni kecha Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan voqealar barchamizni havotirga soldi.
Ushbu jarayonlar o‘zbek va qoraqalpoq elining azaliy qon-qardosh, doʻst-birodar ekanligiga ziyon yetkazmasdan, bir mamlakat fuqarolari sifatida jannatmakon O‘zbekistonimiz tinchligi va osoyoshtaligi yoʻlida bir yoqadan bosh chiqarib, birlashib harakat qilishimiz zarurligini anglatmoqda.
Buning uchun Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bor kuch va imkoniyatdan foydalanib, tinimsiz harakat qilayotgan bir paytda, qoraqalpoq va o‘zbek xalqi azal-azaldan bir-biriga qardosh boʻlgan xalq sifatida tashqi kuchlar aralashuvini anglagan holda hamisha davlatimiz rahbarini qoʻllab-quvvatlashni chuqur his qilmoqdamiz.
Oʻz oʻrnida davlatimiz rahbari Nukusga o‘z vaqtida yetib borib, siyosiy irodasini namoyon qildilar. Xalq bilan muloqot chogʻida qoraqalpoq eli takliflari, fikrlariga ko‘ra, Konstitutsiyaning o‘zgartirish kiritish nazarda tutilgan tegishli moddalari o‘zgarishsiz qolishini va loyihadagi oʻzgarishlar faqatgina xalqning fikrini bilish uchungina taqdim etilganligini taʼkidladi. Davlatimiz rahbarining bu soʻzlari mamlakatda tinchlik va barqarorlik bo‘lishi uchun qabul qilingan muhim qaror boʻldi.
“Men har safar g‘urur bilan aytaman, men ham O‘zbekiston, ham Qoraqalpog‘iston farzandiman deb. Yuragimdan aytaman buni doim. Hayotimni qo‘yganman bu masalaga. Men baribir, qanday og‘ir bo‘lmasin, qonun ustuvorligini, jazo muqarrarligini ta’minlayman”- deya kuyunib aytgan gaplari, bugun barchamizni yuragimizni larza keltirmoqda.
Oʻzbek xalqi va koʻp ming sonli ziyolilar nomidan shuni ayta olamanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oqilona siyosatini qo‘llab-quvvatlaymiz va yurtimiz tinchligi, mamlakatimizning hududiy yaxlitligi, qardosh qoraqalpoq xalqi va o‘zbek xalqining baxt-u saodati, abadiy doʻstligi uchun olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlaymiz.
Zero, o‘zbek va qoraqalpoq xalqini azal-azaldan o‘zaro do‘stlik rishtalari, tarixi va madaniyati, tili, urf-odati, an’analari mushtarak bogʻlab turadi.
Urganch davlat universiteti jamoasi Yangi O‘zbekiston va Yangi Qoraqalpog‘istonni barpo etishda Prezidentimiz boshlagan muhim va istiqbolli islohotlarni qoʻllab-quvvatlagan holda, mazkur xayrli tashabbuslarni amalga oshirishda hamisha hamjihatlikda kamarbastda boʻlib turadi.

Baxrom Abdullayev
Urganch davlat universiteti rektori, fizika-matematika fanlari doktori

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
407 views𝑺𝒉𝒂𝒉𝒛𝒐𝒅 𝑶𝒕𝒐𝒋𝒐𝒏𝒐𝒗, 13:07
Ochish/sharhlash
2022-07-02 15:29:17#Davlat_gerbi_iftixor_ramzi
#30_yil

Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 30 yil toʻldi. Shu munosabat bilan Tabiiy fanlar fakulteti tyutorlari tomonidan talabalar-yoshlar ishtirokida bilan davra suhbati tashkil qilindi.

Unda mustaqilligimiz nishonasi davlat ramzlarining qabul qilinishi va gerbdagi asosiy tasvirlar mazmuni, jumladan, gullagan vodiy uzra charaqlab turgan quyosh, Humo qushi, bug‘doy boshoqlari, ochilgan paxta chanoqlari, sakkiz qirrali yulduz, yarim oy va yulduz tasvirlari haqida soʻz bordi.

UrDU Matbuot xizmati
@urdu_pressa
548 views𝑺𝒉𝒂𝒉𝒛𝒐𝒅 𝑶𝒕𝒐𝒋𝒐𝒏𝒐𝒗, 12:29
Ochish/sharhlash
2022-07-01 10:03:14 Гурухларга тарқатинг кимники бўлса галсин
641 viewsXakim Saidov, 07:03
Ochish/sharhlash
2022-07-01 10:01:53
606 viewsXakim Saidov, 07:01
Ochish/sharhlash
2022-07-01 04:58:36 #Tuģilgan_kun_tabrigi

Assalomu aleykum bugun (01.07.2022 .) Tarix fakulteti Tarix ta'limi yõnalishi 212-guruhning talabasi ISMOILOV MAQSUDBEKning tavallud ayyomi ,shu fursatdan foydalangan holda 212-guruhning bilimdon talabalari nomidan sizni tuğilgan kuningiz bilan chin yurakdan tabriklaymiz. Umringiz uzunuuuun, rizqingiz butun bòlsin Sizga sihat-salomatlik, metindek iroda, tugalmas baxt va omad xar doim hamrohingiz bòlsin Dunyoda baland toģ bor deb eshitganman, hurmatingiz shu toģlardek baland bòlsin Shu toğlarning boshida oppoq qor bor deb aytishadi Kònglingiz shu qorlardek oppoq va beģubor bòlsin Shu toģdan pastga tushganda kòp archalar bor deyishadi Savobingiz shu archalardek kòp bòlsin Yanada pastga tushganda toza buloq bor emish. Yuragingiz shu buloqdek toza bòlsin. Òsha buloq boshida uzuuun yòl bor emish Umringiz shu yòldek uzuun bòlishini tilayman. Baxtlilarning baxtidan-da buyuk baxtlar baģrida baxtli bòling Shukrona kuningiz muborak bòlsin

Yashangki dunyoda shunchalar aziz,
Kõngillar kõzlarga ilinib qolsin.
Har on har soniya hatto bir nafas,
Dunyoda yôq bõlsang bilinib qolsin.
Tuğilgan kuningiz muborak bõlsin..!!!


"Hurmat va ehtirom ila Tarix fakulteti " nomidan
Tarix fakulteti yoshlar yetakchisi:
OTOJONOV SHAHZOD

Tarix fakulteti Talabalar kengashi raisining Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bõyicha yordamchisi o'rinbosari
Mammatjumayeva Mahliyo

Manzilimiz:
@URDU_Tarix_fakulteti
696 viewsMahliyo NODIRBEKOVNA, 01:58
Ochish/sharhlash