Get Mystery Box with random crypto!

Vikipediyada o‘zbek tilidagi maqolalar soni 150 mingdan oshdi | URDU TARIX FAKULTETI

Vikipediyada o‘zbek tilidagi maqolalar soni 150 mingdan oshdi

“Wiki-stipendiya” loyihasi boshlangandan beri 3-iyul holatiga ko‘ra, oʻzbekcha Vikipediyada yaratilgan maqolalar soni 150 000 taga yetdi. Oʻzbekcha Vikipediya ayni paytda 150 082 ta maqola bilan barcha tillardagi Vikipediyalar orasida 58-oʻrinda bormoqda.

Shuningdek, o‘zbek tili turkiy tillardagi Vikipediyalar orasida turkcha, tatarcha, janubiy ozarbayjoncha, ozarbayjoncha va qozoqcha Vikipediyalardan keyin 6-oʻrinda bormoqda.

30-iyun — Yoshlar kunida Prezidentimiz “Wiki-stipendiya” loyihasi haqida gapirib o‘tganlaridan so‘ng, loyihaga qiziquvchilar va o‘zbek tilidagi maqolalar sonini ko‘paytirishga hissa qo‘shishni istagan yoshlarimiz safi sezilari darajada oshib ketdi.

“Wiki-stipendiya” loyihasi ishga tushgach, avval o‘zbekcha Vikipediyada mavjud bo‘lmagan juda ko‘plab maqoalalar joylandi. Masalan, “Yangi O‘zbekiston bog‘i”, “Zakovat” intellektual o‘yini, Samarqand noni, O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova haqidagi maqolalar shular jumlasidandir. Loyiha doirasida joylangan maqolalar bilan tanishish uchun havola.

Loyihada ishtirok etish uchun @Wikistipendiya_bot Telegram boti orqali roʻyxatdan o‘ting va siz ham Vikipediyada oʻzbek tilidagi maqolalarni boyitishda faol bo‘ling.

@alisher_sadullaev