Get Mystery Box with random crypto!

Maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi va ularni bitirg | O‘qituvchiga hujjat

Maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi va ularni bitirganlarga MTT tarbiyachi yordamchisi bo'lib ishlash uchun sertifikat beriladi

“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻquvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (29.04.2024, №242) qabul qilindi.

Qarorga asosan, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan maktablarda 10-11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.

Pedagogik sinflarni tashkil etish tegishli hududdagi pedagogika oliy taʼlim muassasasining ishtirokida amalga oshiriladi.

Ilgʻor xorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida oʻquv dasturi ishlab chiqiladi.

Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma hamda Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi boʻyicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

Oylik bot

O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!

https://t.me/uqituvchiga_hujjat