Get Mystery Box with random crypto!

UPSIDE | Marketing Agentligi

Telegram kanalining logotibi upside_uz — UPSIDE | Marketing Agentligi U
Telegram kanalining logotibi upside_uz — UPSIDE | Marketing Agentligi
Kanal manzili: @upside_uz
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23
Kanalning ta’rifi

🏃🏻Upside bilan biznes olamiga sho’ng’ing!
Taklif va shikoyatlar uchun:
@UpsideAdmin

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2023-01-22 17:17:20
"Copywriter" — aslida qanday vazifani bajaradi?

"Copywriter" — maʼlum bir tashkilot yoki mahsulot haqida maqola yozuvchi inson boʻlib, Maqola turlari juda ham koʻp ammo, asosan ikki yoʻnalishda yoziladi. Bular: Reklama maqolalar va Maʼlumot beruvchi maqolalar hisoblanadi.

Copywriterlar oʻzlarining qoʻlbola yozma matnlarini emas, balki Mahsulot va Tashkilotning Imkoniyatlari yoritib berilgan Kreativ ijod mahsullarini sotishadi!

Ushbu sohaning esa bir qancha qulayliklari mavjud: Onlayn tarzda ishlash, Kun davomida atigi bir necha soatlarni sarflab qoʻshimcha maosh olish, kamroq mehnat ammo yaxshi daromad.

Agarda sizda ham ushbu sohaga qiziqish paydo boʻlgan boʻlsa bizga murojaat qilishingiz va kurslarimizda oʻqib oʻz sohangiz mutaxassisiga aylanishingiz mumkin!

Ammo bu kurs hamma uchun emas! Agarda hech narsa qilmay turib millionlar haqida oʻylayotgan boʻlsangiz bu kurs va biz aytayotgan darslar sizga yordam bera olmaydi......

"Upside" — liderlar qatorida boʻlishni istaganlar uchun!

Telegram | Instagram | Facebook

+998941704448
174 viewsedited  14:17
Ochish/sharhlash
2023-01-18 16:07:09
Biznesda targetning foydasi!

Target nima? - bu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ma'lum bir toifasigagina reklama ko'rsatish.

Targetning avfzalliklari:
- mahsulot yoki xizmat haqida xabardor mijozlar sonini oshirish;
- web saytga kiruvchilar sonini oshirish;
- video va fotolarni auditoriyaga ko'rsatish;
- mahsulotga qiziquvchilardan "direct" orqali murojaatlar olish;
- maxsulot yoki xizmatga qiziqish bildirgan mijozlarning ma'lumotlarini (telefon raqam, ism familiya va hokazo) yig'ish;

Targetingga maqsadli auditoriya uchun eng foydali takliflarni berish va konversiyani ochish orqali korxonaga katta miqdorda foyda olib keluvchi vosita sifatida qarash mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook

+998941704448
369 viewsedited  13:07
Ochish/sharhlash
2023-01-15 08:35:27
Mijozlarga sizning mahsulotingiz qiziq emas!

Agar siz oʻz mijozlaringizga mahsulot yoki xizmatlaringizni sotishga harakat qilsangiz adashasiz.

Keling, buni misollar tariqasida koʻrib chiqamiz:

1. Volvo - u sifatli mashinalarni sotmaydi. U xavfsizlikni sotadi.
2. Rolex - qimmatbaho soatlarni sotmaydi. U obro'ni, statusni sotadi.
3. Lego - shunchaki o'yinchoqlarni sotmaydi. U bolalarni aqliy rivojlanishini ta'minlaydigan mashg'ulotni sotadi.
4. Nike - sport kiyimlarini sotmaydi. U ishonchni, g'oliblikni sotadi.

Siz yana qanday brendlarni bilasiz, izohlarda yozib qoldiring!

"Upside" — liderlar qatorida boʻlishni istaganlar uchun!

Telegram | Instagram | Facebook

+998941704448
138 views05:35
Ochish/sharhlash
2023-01-14 14:45:47
Assalomu alaykum hurmatli kuzatuvchilarimiz!

"Upside" marketing agentligi jamoasi 14-yanvar ,,Vatan himoyachilari kuni'' bilan, chin yurakdan tabriklab qoladi.

Har bir oila vatan demakdir, oilani qoʻriqlagan har bir inson esa Vatan himoyachisi demakdir!!

"Upside" — liderlar qatorida boʻlishni istaganlar uchun!

Telegram | Instagram | Facebook
577 views11:45
Ochish/sharhlash
2023-01-14 13:48:45
Web dizayner bilan grafik dizaynerni adashtirmang!

Hozir ko'p biznesmenlar bir o'zi bir necha kishining vazifalarini bajaradigan universal xodim xohlashadi. Bularga misol, grafik dizaynerdan web dizaynerning ham ishini talab qilishidir.

Aslida, Grafik dizayner SMM posterlar, logolar, bannerlar va mahsulot qadoqlari uchun dizayn qilish bilan shug'ullanadi.

Web dizaynerlar esa biror-bir sayt yoki ilovaga foydalanuvchi kirganda qulay hamda chiroyli bo'lishini ta'minlab, ilova va saytning tashqi dizaynini qilish bilan shug'ullanadigan soha egasi.

Ko'rib turganingizdek bu soha egalarining ishi umuman boshqa-boshqa. Shu joyida, aytib o'tib ketmoqchimiz, Grafik dizayn sohasi O'zbekistonda endi rivojlanayotgan sohalardan biri. Ya'ni, bozor bu soha egalari uchun anchagina ochiq. Raqobat hozircha kam.

"Upside" — liderlar qatorida boʻlishni istaganlar uchun!

Telegram | Instagram | Facebook

+998941704448
170 viewsedited  10:48
Ochish/sharhlash
2023-01-13 13:02:05
Digital marketing uchun kerak boʻladigan saytlar!

buffer.com
canva.com
analytics.google.com
trello.com
hotjar.com

Siz bulardan qaysini ishlatasiz?

Telegram | Instagram | Facebook

+998941704448
217 views10:02
Ochish/sharhlash
2023-01-05 15:49:14
Samsung qilgan xatoni takrorlamang!

1989-90-yillarda Apple kompaniyasida muhandis sifatida ishlab yurgan Endi Rubinni hamkasblari robotlarga bo'lgan muhabbati sabab Android( ya'ni erkak robot) deb chaqirishardi.

Ular ham bu nomni keyinchalik mashhur operatsion tizim nomiga aylanishini bilishmagan bo'lishsa kerak. ⠀ 2003-yilda esa Rubin sheriklari bilan Android inc kompaniyasiga asos soladi.

2004-yilda esa uni Samsung kompaniyasi sotib olishi mumkin edi. Lekin Samsung AndroidOS ni kelajagi yo'q deb topdi va kelishuv amalga oshmadi.

Keyinchalik 2005-yilda Android OS ni Google 50mln $ ga sotib oldi va uni ancha rivojlantirdi. Natijasini esa dunyoda sotiladigan Android qurilmalar sonining Microsoft Windows, iOS va macOS qurilmalarining birgalikdagi umumiy sonidan ham ko'pligida ko'rib turibsiz!

Siz ham Samsung qilgan xatoni aslo takrorlamang.

"Upside" — liderlar qatorida boʻlishni istaganlar uchun!

Telegram | Instagram | Facebook

+998941704448
415 views12:49
Ochish/sharhlash
2023-01-04 16:36:08
Marketingga oid top 5 kitoblar!

Haqiqiy omad kaliti yoxud savdogarlar ustozi.
Milion dollarlik xatolar.
Yuqumlilik. Mahsulot va gʻoyalar qanday ommalashadi?
Sarafan marketing.
Bir varaqli marketing reja.

Siz yana qanday kitoblarni bilasiz, izohlarda yozib qoldiring!

"Upside" — liderlar qatorida boʻlishni istaganlar uchun!

Telegram | Instagram | Facebook

+998941704448
139 views13:36
Ochish/sharhlash