Get Mystery Box with random crypto!

Muhammad Dovud

Telegram kanalining logotibi universal_thoughts — Muhammad Dovud M
Telegram kanalining logotibi universal_thoughts — Muhammad Dovud
Kanal manzili: @universal_thoughts
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 149
Kanalning ta’rifi

Ushbu sahifada o'zimga yoqqan fikrlar, postlar havola etib turiladi, hamda, siyosat va ijtimoiy sohalarga oid qarashlar, kitoblardan iqtiboslar berib boriladi.
@Tafakkur_chizgilari
@innermost_thought
🗓️ - 19.08.2020.

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-12-10 19:29:24 Channel name was changed to «Muhammad Dovud»
16:29
Ochish/sharhlash
2021-11-17 21:00:46 Qayg'u ummonga o'xshaydi; u to'lqinlar bo'lib keladi va oqadi. Ba'zida suv sokin, ba'zida esa juda ko'p. Biz qila oladigan yagona narsa - suzishni o'rganish.

― Vikki Xarrison

@Universal_thoughts
103 views18:00
Ochish/sharhlash
2021-11-15 18:56:49 #Iqtibos #Olam

“FAZODA KOʻRGANLARIM...”

Fazogir Jon Glin fazo bilan bogʻliq quyidagi maʼlumotlarni keltirgan:
“Maʼlumki, yorugʻlik soatiga 300.000 (uch yuz ming) kilometr tezlikda tarqaladi. Agar koinotimiz oʻlchamlari haqidagi raqamlarga murojaat qilsak, hayratda qolmay ilojimiz yoʻq. Koinotimiz radiusi 30.000 (oʻttiz ming) yorugʻlik yiliga teng. U oʻz oʻqi atrofini 200.000.000 (ikki yuz million) yorugʻlik yilida aylanib chiqadi. Bizning galaktikamizdan tashqari millionlab galaktikalar mavjud. Ular bir-biridan tobora uzoqlashib bormoqda. Teleskop orqali kuzatib, ikki milliarddan ortiq yulduzni koʻrish mumkin. Ularning baʼzilari ikki milliard yorugʻlik yiliga teng masofada joylashgan. Keling, eng kichik birlik hisoblangan atomni olaylik. Bu mitti zarralar Quyosh tizimiga oʻxshaydi. Yaʼni, tuzilishi Quyosh tizimini eslatadi. Zarralar sayyoralar singari markaz atrofida aylanib turadi, Sohibi uchun hajmning farqi yoʻqligini isbotlaydi. Biz masofadan turib boshqariladigan qurilmalarni koʻrib hayratda qolamiz-u, quyoshni, yulduzlarni, hujayradagi atomlarni boʻshliqda parvona kabi aylantirib qoʻygan qudratni, uning Egasini qanday inkor etish, Unga boʻysunmaslik mumkin? Baʼzan kichik narsalargayam taʼsir oʻtkazolmaymiz-u, yirik osmon jismlari ulkan tezlikda xatosiz harakatlanishini tasodif, deb boʻladimi? Men gapimni quyidagicha tugatmoqchiman: Fazoga chiqib, oʻsha hashamatli harakat maydonini koʻrib, “tasodif” degan soʻzni ishlatishga uyalaman”.

Manba: “Irfon” taqvimining 2012-yilgi 1-soni.

@OdamOlam
90 views15:56
Ochish/sharhlash
2021-11-12 21:21:37 Kitob tavsiya

"Katta oila". Muallif: Bobur Ismoilov.

Ushbu kitobda jamiyatning atomi, asosi boʻlgan oila borasida soʻz boradi. Hozirgi kunda yuzaga chiqayotgan oilaviy muammolar: oilaviy nobarqarorlik, hurmat tushunchalarining yoʻqolishi, katta oiladan, kichik oilaga oʻtish, gʻarb anʼanalarining eshik ochib kirib kelishi, buning natijasida oilada erkak rolining tushib ketishi, ayollardagi feministik qadriyatlarning bo'y choʻzishi, ajrimlar, oilaviy nizolar kabi davrning eng dolzarb masalalari koʻtariladi, shuningdek ularga muqobil yechimlar ham taklif etiladi.

Shuningdek, bu muammolarning oldini olishga qaratilgan muallifning muhim tavsiyalari ham keltirib oʻtilgan.
90 viewsedited  18:21
Ochish/sharhlash
2021-11-10 12:31:18 Sening hayoting muhabbat hikoyasidan boshqa narsa emas. Allohning va sening o'rtangdagi sof muhabbat. Har bir inson, har bir tajriba, har bir quvonchli kun, har bir sovg'a, har bir musibat senga birgina sabab uchun yuboriladi, faqat birgina. U ham boʻlsa sening Allohga qaytishing uchundir.

Yasmin Mogahed

@Universal_thoughts
86 views09:31
Ochish/sharhlash
2021-11-08 07:27:27 Ba'zida men hammamizni dengiz oʻrtasida yoʻlini yoʻqotib qoʻygan dengizchilarga qiyos etaman. Yoʻnalish qidirilmoqda. Najot uchun kurash ketmoqda... Har birimiz o'z jangimizni shamollar va to'lqinlar bilan olib bormoqdamiz. Oxir oqibat, bu olishuv bizning qarshilik ko'rsatish zabotimiz bilan emas, balki taslim bo'lish zabotimiz bilan gʻolib chiqadi yoxud mag'lub bo'ladi.

Bu bosh egish to‘lqinlarga emas, ularning ortidagi Hikmat va Qudratgadir. Va siz bu kurashda zulmat ichra nurga yetishish uchun botiniy hisga hamda zohiriy bardoshga ega boʻling. Siz, qanchalik ogʻir va mushkul holda boʻlmang, zulmatdan yorugʻlik tomon harakat qiling.


Yasmin Mogahed

@Universal_thoughts
82 views04:27
Ochish/sharhlash
2021-11-05 22:05:50
Набий соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: "Фақирлар ҳақида Аллоҳ таолодан қўрқинглар! Чунки Аллоҳ таоло қиёмат кунида: "Бандаларим ичидан танлаганларим қани?" дейди. Фаришталар: "Эй Парвардигор, улар кимлар?" деб сўрайди. Шўнда Аллоҳ таоло айтади: "Улар қадаримга рози бўлган, сабр қилган фақирлардир, уларни жаннатга киргизинглар!" Бас, улар жаннатга киритилади. Фақирлар еб-ичиб турганида, бойлар ҳали ҳисоб қилинаётган бўлади".

Абу Саид Худрий розийаллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: "Муҳожирларнинг фақирлари жаннатга бойларидан беш юз йил олдин киради" (Термизий ривоят).

Feysbukdan

@Universal_thoughts
79 views19:05
Ochish/sharhlash
2021-10-31 16:44:04
Dovonda kuz oqshomi

@Universal_thoughts
82 views13:44
Ochish/sharhlash