Get Mystery Box with random crypto!

Gennadiy Golovkin Meksikada uning muxlislari koʻpchilikni tash | Universal | sport-yangiliklari

Gennadiy Golovkin Meksikada uning muxlislari koʻpchilikni tashkil etishini aytdi.

"Saulning Bivoldan jahli chiqdi, mendan esa yoʻq. Lekin u mendan kamarlarimni olib qoʻymoqchi. Ammo, menga uning nima deb oʻylashining umuman farqi yoʻq. Aytishim mumkin boʻlgan yagona narsa - menga past baho bermaslik kerak. Shubhasiz, yosh bu shunchaki - raqam, men bu jangga nihoyatda jiddiy yondashaman.

Men oʻz merosimdan habardorman va kelajak avlodga boksda nimalar qoldirishimni bilaman. Vaqti kelganda, nabiralarimga boksda erishgan yutuqlarim haqida xursand boʻlib aytib beraman. Koʻpchilik meksikaliklar meni yaxshi koʻrishadi, biroq Qozogʻistonda hech kim Kaneloni yaxshi koʻrmaydi".

Do'stlarga ulashamiz
@universal_sport_yangiliklari