Get Mystery Box with random crypto!

MANA ENDI HAMMASI SIZ UCHUN BOSHQACHA BO'LADI! MAJBURIY FAN - | Ungalovlar

MANA ENDI HAMMASI SIZ UCHUN BOSHQACHA BO'LADI! MAJBURIY FAN - O'ZBEKISTON TARIXINI O'RGANISH ENDI JUDA-JUDA OSON

𝐀𝐛𝐢𝐭𝐮𝐫𝐢𝐲𝐞𝐧𝐭𝐥𝐚𝐫 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐦𝐮𝐡𝐢𝐦 𝐲𝐚𝐧𝐠𝐢𝐥𝐢𝐤! 𝐎'𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧 𝐭𝐚𝐫𝐢𝐱𝐢𝐠𝐚 𝐨𝐢𝐝 𝐝𝐚𝐫𝐬𝐥𝐢𝐤𝐥𝐚𝐫 - 𝟔-𝐬𝐢𝐧𝐟 𝐐𝐚𝐝𝐢𝐦𝐠𝐢 𝐝𝐮𝐧𝐲𝐨 𝐭𝐚𝐫𝐢𝐱𝐢, 𝟕-𝐬𝐢𝐧𝐟 𝐎'𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧 𝐭𝐚𝐫𝐢𝐱𝐢, 𝟖-𝐬𝐢𝐧𝐟 𝐎'𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧 𝐭𝐚𝐫𝐢𝐱𝐢, 𝟗-𝐬𝐢𝐧𝐟 𝐎'𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧 𝐭𝐚𝐫𝐢𝐱𝐢, 𝟏𝟎-𝐬𝐢𝐧𝐟 𝐡𝐚𝐦𝐝𝐚 𝟏𝟏-𝐬𝐢𝐧𝐟 𝐎'𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧 𝐭𝐚𝐫𝐢𝐱𝐢 𝐝𝐚𝐫𝐬𝐥𝐢𝐤𝐥𝐚𝐫𝐢𝐧𝐢 𝐪𝐢𝐬𝐪𝐚 𝐦𝐮𝐝𝐝𝐚𝐭𝐝𝐚 𝐨'𝐫𝐠𝐚𝐧𝐢𝐬𝐡𝐧𝐢 𝐢𝐬𝐭𝐚𝐲𝐬𝐢𝐳𝐦𝐢?! 𝐁𝐮 𝐛𝐨𝐫𝐚𝐝𝐚 𝐛𝐢𝐳 𝐬𝐢𝐳𝐠𝐚 𝐔𝐧𝐠𝐚𝐥𝐨𝐯𝐥𝐚𝐫 𝐭𝐨𝐦𝐨𝐧𝐢𝐝𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐣𝐛𝐮𝐫𝐢𝐲 𝐛𝐥𝐨𝐤 𝐎'𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧 𝐭𝐚𝐫𝐢𝐱𝐢 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐲𝐚𝐫𝐚𝐭𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐪𝐨'𝐥𝐥𝐚𝐧𝐦𝐚𝐧𝐢 𝐭𝐚𝐯𝐬𝐢𝐲𝐚 𝐞𝐭𝐚𝐦𝐢𝐳!

𝘽𝙪 𝙦𝙤'𝙡𝙡𝙖𝙣𝙢𝙖𝙣𝙞 𝙤'𝙦𝙞𝙨𝙝 𝙣𝙞𝙢𝙖 𝙪𝙘𝙝𝙪𝙣 𝙢𝙪𝙝𝙞𝙢?!
Qo'llanmalar davlat ta'lim standartlari asosidagi darsliklar asosida tayyorlangan va uning oʻzi ham rasmiy jihatdan tasdiqlanib, nashrga tavsiya etilgan.
O'zbekiston tarixini 6 ta darslikdan o'qib o'rganishingiz uchun har bir darslik o'rtacha 150 betdan bo'lgan taqdirda ham siz (150 bet X 6 ta darslik=900 bet) 900 bet kitob o'qishingizga to'g'ri keladi. Qo'llanma ikki qismdan iborat bo'lib, uning 1-qismi 160 bet, ikkinchi qismi esa 100 betdan iborat. (900 bet - 260 bet = 640 bet).
Qo'llanmada yuqoridagi 6 ta darslikdagi mavjud ma'lumotlar qayta ishlangan bo'lib, imtihonlarga savol bo'lib tushish ehtimoli katta bo'lgan o'rinlar ajratib olingan va shuning hisobiga u qisqartirilgan. Qo'llanma matnli va jadvalli qismlardan iborat. Jadvalli qismlarni yod olish talab etiladi. Matnli qism esa shundog'am sodda va ravon til bilan tushunarli tarzda berilgan. Har ikki kitobchadagi yod olinishi kerak bo'lgan o'rinlar qunt bilan yodlashga kirishilsa, 10 kun yoki undan ham kam vaqtda qo'llanmaning har ikki qismini 100 % xotiraga muhrlash mumkin! Bu yillab yuqoridagi 6 ta darslikni o'qib kerakli natijaga erisha olmayotgan abituriyentlar uchun ayni muddaodir!
Qo'llanmadan majburiy fan - O'zbekiston tarixi faniga savol tushish ehtimoli 98-100 %. Siz undan shu yil o'zingiz foydalanib, keyingi yil esa bu omadli kitobchalarni o'qishga topshiradigan ukangizga sovg'a qilishingiz mumkin!

𝙌𝙤'𝙡𝙡𝙖𝙣𝙢𝙖 𝙦𝙖𝙣𝙙𝙖𝙮 𝙦𝙪𝙡𝙖𝙮𝙡𝙞𝙠𝙡𝙖𝙧𝙜𝙖 𝙚𝙜𝙖?!
Ma'lumotlar qisqa, lo'nda va aniq tarzda berilgan.
Qo'llanmada har bir darslik uchun alohida o'rin ajratilgan, bu uning tushunarli bo'lishini ta'minlaydi.
Uni yaratishda qator zamonaviy usullarga murojaat qilingan, bu, ayniqsa, davlatlar chegarasi va hukmdorlar dinastiyasini eslab qolishda ko'plab yengilliklar yaratadi.
Yod olinishi kerak bo'lgan o'rinlar ham alohida guruhlarga ajratilgan. Masalan, yubileylar, asarlar, yillarning nomlanishi, qonunlar, qarorlar, farmonlar, syezdlar, sessiyalar, qurultoylar va hokazo. Mualliflar ham darsliklarni ko'r-ko'rona yodlab olishingizga qarshi, shu bois yodlashingiz kerak bo'lgan o'rinlarni ajratib berishgan. Yodlashda ham tushunib esda saqlab qolish kerak.
Bilimingizni sinash uchun maxsus test kitobchasi ham bor va u ham imtihonga tushishi mumkin bo'lgan savollarga ehtimoliy jihatdan juda ham yaqin! Kitobchadagi savollar xuddi imtihonga tushadiganga o'xshatib 15 talik tarzda berilgan, uning orqasida javoblari ham bor. Bu bevosita imtihonga o'zingizni ham shakl, ham mazmun jihatdan tayyorlash imkonini beradi. Test kitobcha 86 ta variant, boshqacha qilib aytsak, 1290 ta savoldan tashkil topgan. Qo'llanmadagi savollar o'zida yaxlit innovatsiyani mujassam etib, savol matniga ham sizga kerakli ma'lumotlar mazmunan sindirilgan. Savollarning o'zi ham ziyraklik bilan testga tushishi ehtimoli yuqori ma'lumotlar ichidan saralab olib tuzilgan. Bu bilan sizning qimmatli vaqtingizni o'g'irlamay turib yuqori natija olishingiz ko'zlangan.
Qiqasi, qoʻllanma va test kitobchaning qulayligi haqida uzoq gapirish mumkin, yaxshisi, uni harid qiling va oʻzingiz buning shohidi boʻling!


𝐌𝐮𝐡𝐢𝐦! 𝐀𝐠𝐚𝐫 𝟔-, 𝟕-, 𝟖- 𝐯𝐚 𝟗-𝐬𝐢𝐧𝐟 𝐎'𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧 𝐭𝐚𝐫𝐢𝐱𝐢𝐧𝐢 𝐲𝐚𝐱𝐬𝐡𝐢 𝐨'𝐳𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐠𝐚𝐧 𝐛𝐨'𝐥𝐬𝐚𝐧𝐠𝐢𝐳, 𝐡𝐞𝐜𝐡 𝐛𝐨'𝐥𝐦𝐚𝐬𝐚, 𝐛𝐢𝐫 𝐦𝐮𝐧𝐜𝐡𝐚 𝐦𝐮𝐫𝐚𝐤𝐤𝐚𝐛𝐫𝐨𝐪 𝟏𝟎- 𝐯𝐚 𝟏𝟏-𝐬𝐢𝐧𝐟 𝐎ʻ𝐳𝐛𝐞𝐤𝐢𝐬𝐭𝐨𝐧 𝐭𝐚𝐫𝐢𝐱𝐢 𝐝𝐚𝐫𝐬𝐥𝐢𝐤𝐥𝐚𝐫𝐢𝐧𝐢 𝐨'𝐳 𝐢𝐜𝐡𝐢𝐠𝐚 𝐨𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐪𝐨'𝐥𝐥𝐚𝐧𝐦𝐚𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐢𝐤𝐤𝐢𝐧𝐜𝐡𝐢 𝐪𝐢𝐬𝐦𝐢𝐧𝐢 𝐨𝐥𝐢𝐛 𝐨'𝐪𝐢𝐬𝐡𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐭𝐚𝐯𝐬𝐢𝐲𝐚 𝐞𝐭𝐚𝐦𝐢𝐳. 𝐔 𝐚𝐭𝐢𝐠𝐢 𝟏𝟎𝟎 𝐛𝐞𝐭𝐝𝐚𝐧 𝐢𝐛𝐨𝐫𝐚𝐭 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐛, 𝟑-𝟒 𝐤𝐮𝐧𝐥𝐢𝐤 𝐯𝐚𝐪𝐭𝐢𝐧𝐠𝐢𝐳𝐧𝐢 𝐨𝐥𝐚𝐝𝐢-𝐲𝐮, 𝐚𝐦𝐦𝐨 𝟐-𝟑 𝐲𝐢𝐥𝐥𝐢𝐤 𝐦𝐞𝐡𝐧𝐚𝐭 𝐬𝐚𝐦𝐚𝐫𝐚𝐬𝐢𝐧𝐢 𝐛𝐞𝐫𝐚𝐝𝐢!!!

Buyurtma berish: Jasur_Ishankulov yoki 94 280-03-70; 97 911-87-69