Get Mystery Box with random crypto!

TUKIYADAGI O`ZBEKISTONLIK TALABALARNING MUAMMOLARIGA QANDAY YE | Mohira Nurullayeva

TUKIYADAGI O`ZBEKISTONLIK TALABALARNING MUAMMOLARIGA QANDAY YECHIM TOPILMOQDA?

Joriy yilning 28-may kuni O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakilligi tomonidan O'zbekistonning Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Alisher Agzamkhodjayev bilan pandemiya chog`ida O'zbekistonning Anqaradagi elchixonasi faoliyatiga bag`ishlangan vebinar o'tkazilgan edi. Suhbat chog`ida Turkiyadagi o`zbekistonlik talabalar o`rtasidagi muammmolar ma`lum qilindi.
O'zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Turkiya vakillining ma`lum qilishicha, ushbu muammolarning quyidagi uchtasiga elchixona tomonidan yechim berildi:

Turkiyadagi barcha talabalarning har biriga 100 TL qiymatiga ega savdo talonlari bilan ta'minlash bo`yicha murojaat ijobiy qabul qilindi. Natijada Turkiyaning 22 viloyatdagi jami 327 nafar vatandoshga birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini olish uchun BIM doʻkonlarining oziq-ovqat kartalari tarqatildi.

Turkiyada tahsil olgan talabalarni O'zbekiston bilan hamkorlik qiladigan tashkilotlarga taklif qilish bo`yicha yo`llangan murojaati asosida IT yo`nalishida ta`lim olgan 20 nafar talabani 1 oy o'qitish sharti bilan hamda sog'liqni saqlash yo`nalishida mutaxassiligi bo`lgan 4 nafar talabani xususiy firmalar tomonidan ishga qabul qilinishiga erishildi.

Vatanga qaytuvchi charter reyslar uchun talabalarga alohida kvota ajratish bo`yicha so`ralgan yordam yuzasidan bugunga qadar 32 ta talabaning ro`yxati shakllantirildi. Endilikda tashkil etiladigan har bir charter reyslarga Assotsiatsiya va Turkiyadagi o`zbek talabalari jamiyati tomonidan beriladigan talabalardan iborat ro`yxat kiritiladigan bo`ldi.