Get Mystery Box with random crypto!

Umr Ertagi 🍃

Telegram kanalining logotibi umr_ertagi — Umr Ertagi 🍃 U
Telegram kanalining logotibi umr_ertagi — Umr Ertagi 🍃
Kanal manzili: @umr_ertagi
Toifalar: Rasm va fotosuratlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 88
Kanalning ta’rifi

Shunchaki kuzating.....

Ratings & Reviews

2.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-08-27 14:50:16
Insonlarning behuda so'zlarini soatlab tingladim-u, sizning dardingizni eshitishga toqatim yetmadi...
Insonlar chorlasa yugurib bordim-u, sizning chaqiriqlaringizga "vaqtim yo'q" dedim...
Duo qiling deb qo'ydim-u, hatto tahoratingizga suv tayyorlab berishga yaramadim...
Ko'chadagi begonalarning dakkilariga kulib qo'ydim-u, sizning jahllaringizga baqirdim...
Ona... ikki olamda ham sizdek ne'matning shukrini ado etolmayman...
Ona... kechiring, mehringizga munosib oʻgʻil(qiz) bo'la olmadim...
Shunda ham "Alloh rozi bo'lsin, bolam, nuridiydam, sendan roziman" deysiz...
Koshki, bu roziliklarga arzisam...

@umr_ertagi
2.9K viewsedited  11:50
Ochish/sharhlash
2022-08-26 05:24:32
Bilaman, Qadrdonim... Siz ba’zan o‘zingizni keraksiz insondek his qilasiz...

Ammo kimdir har kuni ertalab Siz sovg‘a qilgan piyolada choy ichadi, Siz sovg‘a qilgan telefonda qadrdonlariga qo‘ng‘iroq qiladi, Siz tavsiya qilgan kitobni rohat bilan o‘qiydi, Siz hadya etgan kiyimni xursand bo‘lib kiyadi... 

Yana kimdir Sizning qilgan yordamingizni eslab, g‘oyibdan haqqingizga duo qiladi, yana kimdir siz aytib bergan latifani eslab, tabassum qiladi.... 

Bugun kimdir sizning e’tiboringizdan boshi osmonda, yana kimdir uning ko‘nglini ko‘targaningizni aytib, boshqalarga zavq ulashyapti... 

Qadrdonim, hech qachon o‘zingizni keraksizdek his qilmang. Chunki har bir harakatingiz kimningdir hayot yo‘lida yaxshilik, xursandchilik izini qoldiradi.
Garchi kichik bo‘lsa ham... 

Unutmang, SIZ YAXSHISIZ 
va HAMMAGA KERAKSIZ!

@Umr_ertagi
3.3K viewsedited  02:24
Ochish/sharhlash
2022-08-24 06:55:51 ​​Ozgina tabassum

Nimadir bo‘ldi-yu, er-xotin orasiga shayton oraladi. Totuv oilada qattiq janjal bo‘ldi.
Er o‘zini bosolmadi. Xotinini shartta mashina o‘tkazib, alam va g‘azab bilan:
- ”Uzr, sen bilan yasholmasakanman!” - deb onasinikiga tashlab ketdi.
To‘g‘ri masjidga borib peshin namozini o‘qidi. Namozdan keyin joyidan jilmadi. O‘tiraverdi, o‘tiraverdi.
Asrga aytilgan azondan cho‘chib o‘ziga keldi.
Asr namoziniyam o‘qib, masjiddan to‘g‘ri uyiga bordi, huvillagan hovlini ko‘rib ko‘ngli allanechuk bo‘lib ketdi.
Xotiniga telefon qildi:
- “Onasi, boraymi, qaytasanmi?”
- Mayli, dadasi.
Faqat bitta shartim bor. - “Xo‘sh?”.
- “Oshxonaga kiring”.
- “Kirdim”.
- “Tarelkani olib, zarb bilan uring yerga”.
- “Urdim”.
- “Endi siniqlarini yig‘ib, avvalgi holiga keltiring. Keyin qaytaman”.
- “Uzr, xotin. Man plastik tarelkani yerga urgan ekanman. Singanam yo‘q, siniqlariyam yo‘q-ku?”.
- “Obbo! Rivoyatniyam rasvo qildingiz-ku, dadasi.
Keling, mani tezroq olib keting.
Ota-onamga birrovga keldim, degandim” - dermish ayoli...

@Umr_ertagi
4.4K views03:55
Ochish/sharhlash
2022-08-21 13:42:56
Yashashni yosh boladan o‘rganing!

...hech sababsiz tabassum qiladilar...
...yiqilsalar, darhol o‘rinlaridan turib ketadilar...
...bir narsani xohlasalar, yetishmaguncha chekinmaydilar...
...qiziqtirgan narsasini anglab yetmagunlaricha ularni hech narsa to‘xtata olmaydi...
...aslo qo‘rquvni bilmaydilar...
...urishib koyisangiz ham, xafa bo‘lib, gina qilmaydilar, darhol unutadilar...

@Umr_ertagi
5.6K viewsedited  10:42
Ochish/sharhlash
2022-08-20 04:33:07
O'zingizdek bo'lib qoling...

Kimdir sizni sevadi, kimdir esa chiday olmaydi... Biri kelib do'stingizga aylanadi, boshqasi esa dushmaningiz bo'ladi... Ba'zi kishilarning yurish-turishidan samimiyat ufuradi, ba'zi kishilarning tabiatida xasislik to'lib ko'rinadi... Kimdir sirlaringizni saqlaydi, kimdir esa gaplaringizni tashiydi... Biri yo'qligingizda o'zini-da sog'intirar, boshqasining tashrifi kamaymas... Ba'zi insonlarga dardingiz dard, sevinchingiz quvonch bo'lib yuqar ekan, ba'zi kishilarga esa dardingiz sevinch, sevinchingiz esa qayg'u bo'lib tatiydi... Undaylari ham, bundaylari ham mavjuddirlar... Boringki, shunaqalar ham bo'lsinlar... Agar siz O'ZINGIZdek bo'lib qola olsangiz va doimo go'zallik va ezgulikni nishon olsangiz, demak, yuzingizga bir tabassum sachrating va yashashda davom eting...

@Umr_ertagi
6.1K viewsedited  01:33
Ochish/sharhlash
2022-08-19 05:03:44
Seni, eng yaxshi Alloh biladi.
Qolganlar esa yo yanglish anglaydi, yo sen toʻgʻringda kamroq biladi.
Seni baxtsiz qilganlar sababidan baxtsiz boʻlma, baxtiyor boʻladigan zamoning ham keladi.

Seni baxtsiz qilganlarni koʻrib barchani oʻshanday deb oʻylama, seni baxtiyor qiladigan (inson) ham keladi.

Bugun juda koʻp dardim bor dema, u dardni senga bergan Allohning, darmonni beradigan kuni ham keladi.

Sen Robbingga duo qil!
“Duo qilsam nima boʻlardi?”-dema, duoying qabul boʻladigan kun ham keladi...

@Umr_ertagi
6.5K viewsedited  02:03
Ochish/sharhlash
2022-08-18 04:49:43
Siz Allohning huzuriga xorlik bilan boring, U siz tomon azizligi bilan keladi...

Siz Allohning huzuriga kambag‘alligingiz bilan boring, U siz tomon boyligi bilan keladi...

Siz Allohning huzuriga g‘am - g‘ussangiz bilan boring, U siz tomon kushoyish bilan keladi...

Siz Allohning huzuriga zaifligingiz bilan boring, U siz tomon kuch quvvati bilan keladi...

Siz Allohning huzuriga mahzunlik bilan boring, U siz tomon shodlik bilan keladi...

Siz Allohning huzuriga yolg‘izligingiz bilan boring, U siz tomon unsu ulfat bilan keladi...

Tanho Allohgina panoh va omonlik manbasidir...

@Umr_ertagi
5.9K views01:49
Ochish/sharhlash
2022-08-16 18:22:32
Go‘zal qizim!

Saodatli bo‘lishni xohlasang, orqangdan gapirganlarga parvo qilma...

Birovning rizqiga ko‘z olaytirma...

Boshqalarning nasibasiga qarama.

Gʻiybatchining so‘ziga parvo qilma.

Yuragingni g‘ash qiladigan mish-mishlarga e’tibor qilma.

Seni e’tirof etmaganning, tanqidiga ahamiyat berma.

Osmonga qara...

Daraxtlarga qara...

Qo‘lingdagi ne’matlarga qara...

Tovog‘ingdagi rizqqa qara...

Oyna qarshisiga o‘t, bu dunyoda bittagina bo‘lgan o‘zingga qara...

Seni sevgan Robbingning rahmatiga qara...

Kim nima desa desin, sen faqat o‘z amalingga qara...

So‘ngra o‘tir, o‘girilib qalbingga qara, ana saodat, mana halovat, ana shukr, mana ulkan tashakkur!..

@Umr_ertagi
6.1K viewsedited  15:22
Ochish/sharhlash
2022-08-16 06:19:47
Yomg‘irdan keyin gul ochiladi... Samoda kamalak paydo bo‘ladi... Hamma azobning ketidan rohat keladi... Qiyinmi..? Juda ham qiynalyapsizmi qadrligim..? Unda shod bo‘ling... Chunki sizni katta baxt kutyapti... Ishoning va intiling... Dardlaringizga o‘zingizdan o‘zga sababchi axtarmang... Siz vaziyatni o‘zgartirolmasangiz, unga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartiring... Qalbingizni ezgulikka yo‘naltiring.. Bu dunyo imtihon maydoni... Shuning uchun ham har kuni har xil sinovlar bilan sinalasiz... Chidang, sabr qiling, Inshaalloh mukofotlanasiz... Chunki sizga berilgan umr g‘amda ham quvonchda ham bir xil o‘tadi..! Siz vaqtni boshqara olmaysiz... Sizda undan ham qudratli narsa bor... Bu o‘sha vaqtni ezgu xotirotlarga aylantirish. Bu sizning vaqtga ta’siringiz bo‘ladi... Bu sizning goʻzal sabringiz... Bu sizning Allohga nisbatan goʻzal gumoningiz boʻladi... Oz qoldi qadrligim, juda oz qoldi...

@Umr_ertagi
5.4K viewsedited  03:19
Ochish/sharhlash
2022-08-15 19:54:17
Koʻchamizga qatiq sotuvchi keldi. Kolyaskada chaqaloq, yonida 5-6 yoshlardagi qizchasi. Bonkalar kolyaska tagiga joylashtirilgan. Bir bonka qatiq besh ming soʻm ekan. Shu payt onasi ham, qizcha ham qoʻshnilarning darvozasini taqillatgani ketishdi. Men sekin bildirmay kolyaska choʻntagiga oʻn ming soldim. Yana bir bonka qatiq olib, qizchaning qoʻliga besh ming berdim. Ertasiga ular yana kelishdi. Mabodo siz adashib pul bermadingizmi, hisob kitobimizdan oʻn ming soʻm ortiqcha chiqayapti, deyishdi.
Titrab ketdim.
Dunyoni goʻzallik emas, halollik qutqarsa kerak...

@Umr_ertagi
5.3K viewsedited  16:54
Ochish/sharhlash