2023-03-11 05:11:32
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufga berilgan savollarga u kishining ajoyib javoblari:– Shayx hazratlari, bahorda laylak pasayib uchsa nima boʻladi?
– Laylak pasayib uchgan boʻladi.
– Shayx hazratlari, Qurʼonda sumalak xaqida biror narsa yozilganmi?
– Qurʼoni Karim pazandachilik kitobi emas, u insoniyatni toʻgʻri yoʻlga boshlovchi kitob!
– Shayx hazratlari, anjir daraxtini yoqsa boʻladimi?
– Boʻladi, yaxshi yonadi!
– Odam kiyib yuradigan ishtonini yostigʻini ustiga qoʻyib yotsa nima boʻladi?
– Nima boʻlardi, sal baland boʻladi!
– «NIKE» krassovka kiysam boʻladimi?
– Razmeri toʻgʻri kelsa kiying!
– Shayx hazratlari, hozirda bosh urishtirib koʻrishish urfga kirdi, bu mumkinmi?
– Ha, yorilmasa mumkin!
– Shayx hazratlari, chet eldagi madrasalarda, masalan: Turkiyada taʼlim olib kelsa boʻladimi? Kelgandan keyin myammo boʻlmaydimi?
– Boʻladi.
– Shayx hazratlari, xaloda kesak bilan poklanib, kesakni hojatxonaga tashlasa nima boʻladi?
– Shalob degan tovush chiqadi!
– Shayx hazratlari, Chechenistondan keltirilgan kosaga nima deya olasiz?
– Kosa keltirildi, deya olaman!
– Shayx hazratlari, nima uchun bizni mazhabimiz hanafiy mazxabi?
– Imomimizning nomlari Abu Haniyfa boʻlgani uchun!
– Shayx hazratlari, Rim papasi nega musulmonlardan uzr soʻramadi?
– Buni oʻzidan soʻrash kerak!
– Shayx hazratlari, men baliq tutishni yaxshi koʻraman, ilmoqqa chuvalchangni tiqish gunohmasmi?
– Yoʻq gunohmas, lekin birovlarni vaqtini olish gunoh!
– Shayx hazratlari, tarvuzni sotib olayotganda uning sifatini bilish uchun chaqmolatib olsa boʻladimi?
– Ha boʻladi, faqat uyga olib borgunizcha suvi oqib ketadi!
@All_Qolb
13 views02:11