Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum qadrdonlarim, hurmatli dindoshlar! Barchang | Umidbek Abilov

Assalomu alaykum qadrdonlarim, hurmatli dindoshlar!
Barchangizni muborak Ramazon hayiti bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ramazon oyining barokati, hayit ayyomining shukuhi fayzli xonadoningizni tark etmasin, sizni va oila a'zolaringizni Allohim hamisha o'z panohida asrasin. Doimo Allohning va bandalarning huzurida yuzingiz yorug', martabangiz ulug' bo'lsin! Barchangizga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka va farovon hayot tilab qolaman. Ushbu saodatli onlarda qilayotgan toat-ibodatlaringiz va duolaringiz ijobat bo'lsin! Barcha-barchangizni ezgu niyatlar ro'yobga chiqadigan, xayrli amallar uchun behisob savoblar yog'iladigan, o'zaro birdamlik, do'stlik va ahillik tuyg'ulari tarannum etiladigan shukuhli Iyd-ul-Fitr bilan yana bir bor chin yurakdan tabriklab qolaman!

Hurmat bilan,
Umidbek Abilov!


Kanalga ulanish uchun
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4