Get Mystery Box with random crypto!

Sen dangasa emassan 1. Shunchaki zerikish nimaligi bilmaysan. | Umidbek Abilov

Sen dangasa emassan

1. Shunchaki zerikish nimaligi bilmaysan. Miyang stimullarga to'lib ketgan. O'zi miya doim biron nima bilan mashg'ul bo'lgisi keladi. Muammolarni yechish, idea o'ylash, ish bajarish, xayol surish, atrofni tahlil qilish.

2. Zerikishni boshlasa albatta yuqoridagilarni biri bilan shug'ullanishni xohlaydi. Lekin...

3. Oxirgi marta qachon zerikkanding? Qancha vaqtga? Javob ancha oldin va juda qisqa vaqtga bo'lib chiqadi.

4. Hozirgilar zerikish paydo bo'lishi bilan smartfoniga qo'l uzatishadi. Zaryadning tugashi och qolishdan ham qo'rqinchliroq. O'zingni va tanishlaringni telefonini titkilab ko'r - ekranga kuniga 6-8 soat qarayotgan bo'lib chiqishadi. Hammamizda shunday.

5. Miyamiz doimiy stimul, yangilik, qiziqarli lekin kerakmas ma'lumotlarga to'lib ketgan. Vaholanki senga ma'lumot emas, 4 oydan beri qalashib yotgan ishlaringni qilish muhimroq.

6. Ishlashni o'rganmoqchimisan? - zerikishni o'rgan. Buning uchun smartfoningni yaqin do'stingga ber. Ishing (kitob, kurs, blog, dars) tugagandan keyin qaytarib bersin.

7. Ha, ha, seni dangasalikda gumon qilayotgan har qanday odamga shu maqolani ko'rsatishing mumkin. Sen aslida dangasa emassan, zerikishni bilmaysan xolos.

azizrakhimovblog

Kanalga ulanish uchun
https://t.me/joinchat/Vwrdpjd4JYxN5tg4