Get Mystery Box with random crypto!

Qoriyam bo‘lishini orzu qilaman. Qo'llari Qur'onga to'lib ha | Яхёбек 🫀

Qoriyam bo‘lishini orzu qilaman.


Qo'llari Qur'onga to'lib halolim
Bomdodga uyg'otsa kelib hilolim
Qo'limga suv tutsa kelib zilolim
Qoriyam bo‘lishin orzu qilaman

Tillari Allohning zikriga to'lgan
Muhabbati avvalo Allohga bo‘lgan
Nafsi ham iymon yo‘lida o‘lgan
Qoriyam bo‘lishin orzu qilaman

Solih soliha farzandlar ko'rsak
Hidoyatning yo‘lida doimo yursak
Sinovli kunlarda sabr la tursak
Qoriyam bo‘lishin orzu qilaman

Eshtib uyg‘onsam qiroatidan
Iqtidola ortimdan ibodatidan
Ham ajr la siylasin itoatidan
Qoriyam bo‘lishin orzu qilaman

Tahajjud namozda ko'zin yoshlagan
Iymoni Sobit qadam tashlagan
Ohiratda jannat tomon boshlagan
Qoriyam bo‘lishin orzu qilaman

Allohim avvalo solih et o'zim
Zinodan asrayin doimo ko'zim
Gunohkor bu tanim o'zim bilaman lek
Qoriyam bo‘lishin orzu qilaman