Get Mystery Box with random crypto!

Omar Xalil

Telegram kanalining logotibi umarhalil — Omar Xalil O
Telegram kanalining logotibi umarhalil — Omar Xalil
Kanal manzili: @umarhalil
Toifalar: Adabiyot , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 18.11K
Kanalning ta’rifi

Shiorimiz:
• Ezgulik va taqvo yo'lida hamkor bo‘lish
• Solih odamlarning hayotini o'rnak qilish
• Samimiylik va muhabbatni tarannum etish
• Alloh va rasuliga oshiqlikni targ‘ib qilish
Murojaat uchun: @Omar_Xalil_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-05-21 21:11:44 Go'dakligimizda ko'p mashaqqat yetkazdik, bolalik chog'imizda ko'p tashvishga qo'ydik, o'smirlik yoshimizda ko'p aziyatlar berdik, ulg'ayganimizda ko'p xafa qildik. Biroq, ular bizni haligacha yaxshi ko'rishadi. Ular - Onalar!

@umarhalil
6.3K views18:11
Ochish/sharhlash
2024-05-21 18:54:38 Shogirdlardan maktub:

“Assalomu alaykum, ustoz. Notiqlik darsligingizni bir oy avval sotib olgandim. Ochigʻini aytsam, sizdan avval bir qancha kurslarga qatnadim, lekin oʻzimdagi tortinchoqlik, jur’atsizlikka yechim topolmay umidsizlikka tushgandim. Kursingizdagi ikkita darslikni koʻriboq hammasini tushundim. Muammoyimni bildim. Siz bergan mashqlarni imkon qadar bajarishga kirishdim. Mashaalloh hayratdaman oʻzgarishlardan Oʻzimdagi erkinlik, jur’atni his qila boshladim. Siqigʻligim yechilishni boshladi. Nafas olish mashqlaridan keyin Qur’on oʻqishda shunaqa yengillik boʻldi, bu uchun sizdan minnatdorman. Hatto uydagilar, ishxonadagilar nutqim chiroyli boʻla boshlaganidan maqtab ham qoʻyishdi. Siz menga nafaqat toʻgʻri gapirishni, balki oʻzimga toʻgʻri baho berishni, oʻz oʻrnimni topishimga ham juda katta hissa qoʻshdingiz. Bu uchun sizdan cheksiz minnatdorman, ustoz. Yana sizdam mana shunday ajoyib darsliklarni kutib qolaman!”

Mana shunday e’tiroflarni oʻqib, alhamdulillah, deyman. Yuzimni yorugʻ qilganiga hamd aytaman. Kursimizga yana qiziqayotganlar boʻlsa, marhamat bemalol @kordinator_notiq akkauntiga yozishingiz mumkin.
6.5K views15:54
Ochish/sharhlash
2024-05-21 12:34:49 Yigit va qizlarimiz bugun hashamat va dabdabani xohlashmayapti. Ular oddiy va sokin toʻyni xohlashadi. Hamma yigit-qizlarimiz bir birini sevib rozi-rizolik bilan baxtli oila qurishlarini tilab qolaman. Men sizlarni qoʻllab quvvatlayman!

@umarhalil
6.0K views09:34
Ochish/sharhlash
2024-05-20 17:35:21 Sadoqatli honimlar tomonidan jufti halollariga yoʻllangan she’r.

@umarhalil
6.1K views14:35
Ochish/sharhlash
2024-05-20 15:25:51 Soliha ayol - dinning yarmidir. Sadoqatli va iffatli ayollar doimo yaxshi muomalaga munosib.

@umarhalil
6.4K views12:25
Ochish/sharhlash
2024-05-19 18:06:43
Bugun sizga o'zim kuzatib boradigan eng manfaatli va foydali bo'lgan bir nechta sahifalarni taqdim etaman. Ayrimlarini doimiy kuzatib borayotgan bo'lishingiz ham mumkin. Shuning uchun hoziroq bu sahifalarga a'zo bo'lishingizni tavsiya etaman.

Marhamat: A'zo bo'lish
6.7K views15:06
Ochish/sharhlash
2024-05-19 11:05:46 Uchrashuvga tayyormisizlar? Soat 14:00 da diydorlashamiz
6.2K views08:05
Ochish/sharhlash
2024-05-18 12:33:38
Isyon qilish hech qachon toʻgʻri yoʻl boʻlmagan. Chunki bunda hoʻl-u quruq barobar yonadi. Isyonkorning oxiri oʻzida borlarini ham nobud qilish bilan yakun topadi.

@umarhalil
7.5K views09:33
Ochish/sharhlash
2024-05-18 11:39:24
Erkak kishining muvaffaqiyati ortida ayol zoti turadi. Dunyodagi daho va ulugʻ insonlarning ortida onasi yoki ayolining fidokorligi turgan boʻladi. Erkak kishining rizqi tang boʻladigan, ishlari orqaga ketadigan, nazardan tushib qoladigan sinovli davri keladi. Mana shunday tang holatida uni qoʻllab quvvatlab, borida hursand boʻlgani kabi, yoʻgʻida sabr qilishi, qanoati va roziligi bilan unga tirgak boʻlishi, uni ruhlantirishi ortidan u albatta, buyuk shaxsiyatga aylana oladi. Ammo, tang holida oʻzini tashab qoʻyadigan, qilolmaganlari uchun hoʻmrayadigan, oʻziga boʻlgan ishonchini choʻktiradigan muomala qilishi, u haqda yomon gumonda boʻlib, qalbidan mol-davlatli erkaklarga havas ila qarashini bildirishi bu ayolni erkakka boʻlgan sadoqati yemirilib tugaganidan darak beradi. Bu oʻsha oilada erkakning oʻrni tugaganini, muhabbat oʻlganini bildiradi. Erkak zotining fe’li shundayki, yiqilganda qoʻllab quvvatlagan ayolni qoʻlida koʻtaradi, qoʻllamagan ayoldan esa hech qachon rozi holida oʻtmaydi.

@umarhalil
7.1K views08:39
Ochish/sharhlash
2024-05-17 08:26:06
Kimning dardini eshitsang hamma oʻzini mazlum deb hisoblaydi. Huddi zolim yoʻqdek. Koʻngilxiraliklarning kengayishi va tugamasligi ham shundan. Chunki, har birimiz oʻzimizga yetgan zulmni zikr qilamiz, oʻzimiz yetkazgan zulmni emas.

Omar Xalil

@umarhalil
7.5K views05:26
Ochish/sharhlash