Get Mystery Box with random crypto!

#yumor Tag'n koreysla Uzbeklardan yaxshikan deb o'ylamanglar | Ulug'bek Vohobov

#yumor

Tag'n koreysla Uzbeklardan yaxshikan deb o'ylamanglar

Eh-he Kareyadan nelar olmadim,
Aytsam ta'riflashga ojizdir zabon,
Lek bir odatiga ko'nikolmadim,
Aksirsang SOG' BO'LING demaydi Karis.

Rosti, so'rab ko'ring ana har kimdan,
O'ziga bildirmay kuzating zimdan,
Musulmon ham emas, xabarsiz dindan,
Lek birov haqini yemaydi Karis.

Boshlig'in ko'zi uchun ishlamas ular,
Maqtovli so'zi uchun ishlamas ular,
G'oliblik qilsada shirin uyqular,
Ishiga kechikib kelmaydi Karis.

Daqiqasigacha bo'lar yo'qlama,
Domlalar poraga qilmaydi shama,
Ko'ndiraman deya bo'lmang xomtama,
O'qimasang diplom bermaydi Karis.

Suniy navbat qilar ko'paysa odam,
SHoshilyabman deya qilmaydi motam,
Xotinim kasal deb, yokida onam,
Hech qachon navbatni buzmaydi Karis.

SHaroitga qarab kiyaver kiyim,
Bo'lsa ham mayliga ko'ylaging g'ijim,
Xohla kalish bilan kiygin kostyum shim,
iye, ana qishloqi demaydi Karis.

Hech kim qaramaydi cho'ntak kissaga,
Jerkib gapirmaydi borsang "kassa"ga,
Bir soatda qo'yar" propiska"ga,
Har kuni "ertaga" demaydi Karis.

Ulovlar boshyalang yo'qdir "shapka"si,
Yechmas muammosin "katta aka"si,
Gapning po'st kallasi,gapning qisqasi,
Chalg'ituvchi "monyor" qilmaydi Karis.

Narxlari bir hildir borsang bozorga,
Qattiq gapirmaydi hech xaridorga,
Qarab boy odamga yo mardikorga,
Turlanib muomala qilmaydi Karis.

Qancha zo'r bo'lmasin go'zal qanchalik,
Yomon tomonlarin hali aytmadik,
Bittasin aytaman biz O'zbeklardek,
Oila qadrini bilmaydi Karis.
O'zidan o'zgani sevmaydi Karis.

anba : 재미있는 한국어 orqali


KOREAN_TOPIK_CHANNEL

Telegram orqali bizni kuzatib boring

#koreystili #ulugbek_korean #yumor