Get Mystery Box with random crypto!

ULUG'BEK O’QUV MARKAZI

Telegram kanalining logotibi ulugbek_education_bukhara — ULUG'BEK O’QUV MARKAZI U
Telegram kanalining logotibi ulugbek_education_bukhara — ULUG'BEK O’QUV MARKAZI
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 177
Kanalning ta’rifi

Ulug’bek O’quv Markazining rasmiy kanali!
Barcha fanlardan o’quv kurslariga taklif qilamiz!
7 yoshdan katta o’quvchilar suhbat asosida qabul qilinadi!
O’quv markazining yuqori bilim va mahoratga ega bo’lgan Ustozlari sifatli ta’limni kafolatlaydi!

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-08-16 19:58:02
Ruhiyatimizni nima cho'ktiradi?

Barchaga ulashing

Kanalimizga Obuna bo‘ling

https://t.me/+PV2-5ZAfN0Y0YzUx
178 views16:58
Ochish/sharhlash
2022-08-16 00:14:26
#natija_tabriklaymiz

Tarix guruhi abituriyentlar natijalari!
264 views21:14
Ochish/sharhlash
2022-08-16 00:10:14 BAKALAVR 2022 | NATIJA
________________________
FISh: BOYMURATOVA M. T.
________________________
ID: 4251706
Ta'lim tili: O'zbekcha
Ta'lim shakli: Kunduzgi
________________________
1. Ona tili: 10 ta savol: 9.9 ball (9 ta to'g'ri javob)
2. Matematika: 10 ta savol: 8.8 ball (8 ta to'g'ri javob)
3. Tarix: 10 ta savol: 11.0 ball (10 ta to'g'ri javob)
4. Tarix: 30 ta savol: 89.9 ball (29 ta to'g'ri javob)
5. Geografiya: 30 ta savol: 60.9 ball (29 ta to'g'ri javob)
________________________
1. CEFR: 0.0 ball
2. Ijodiy ball: 0.0 ball
3. Milliy sertifikat/Olimpiada ball: 0.0 ball
________________________
UMUMIY: 180.5 ball
________________________
1. Holati: NATIJALAR BARCHA TEST SINOVLARI YAKUNLANGANDAN SO'NG E'LON QILINADI!
2. Batafsil: Havolaga o'tish
________________________
Vaqt holatiga: 15.08.22 22:11:38.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram|Facebook|Instagram|You Tube
260 views21:10
Ochish/sharhlash
2022-08-11 17:17:57
Ajoyib rolik. Ham jamiyat uchun suv va havodek zarur bo'lgan ilmga targ'ib, ham ijtimoiy reklama. Qofiyali, ma'noli, foydali va zarur jumlalar!!


Yosh avlodning eng mardi
Anglab ustuvor farzin
ilm olar avvalo,
Bo’lar dardiga da’vo
Ona yurtning, vatanning.
***
Tokay qora ishda ishlar
O’zbekdek ulug’ millat?!
***
Najot boshqa yerdamas.
Najot chet ellardamas.
Qora mehnat najotmas,
Najot faqat ta’limda!!
560 viewsedited  14:17
Ochish/sharhlash
2022-08-11 06:29:39
#natija

Ulug'bek o'quv markazi meditsina guruhi o'quvchilari natijalari
461 views03:29
Ochish/sharhlash
2022-08-09 14:06:53
O‘zbekiston 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining chempioni bo‘ldi

Hindistonning Chennay shahrida oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining so‘nggi 11-turida O‘zbekiston terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, olimpiada chempioni bo‘ldi. O‘zbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir quvonarli xabar:
O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi. Barcha yurtdoshlarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklayman!

@alisher_sadullaev
524 views11:06
Ochish/sharhlash
2022-08-09 06:35:21
"Ibrat camp" ham zabt etildi

"Ulug'bek" o'quv markazi o'qituvchilaridan biri Axrorov Abdullo hamda o'quvchisi Azizbek Izzatullayev yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan "Ibrat language camp" tillar oromgohida ishtirok etishdi.

Ularning o'qishlariga omad va zafarlar tilab qolamiz

#HereWeGo
462 viewsedited  03:35
Ochish/sharhlash
2022-08-07 23:11:16 Имтиҳон вақтидаги ҳаяжонни қандай жиловлаш мумкин?

Ваниҳоят имтиҳонлар бошланди. Аслида ҳар қандай имтиҳон эмоцияларга бой, ҳаяжонли ўтади.

Aбитуриентнинг имтиҳон вақтида муваффақиятга эришиши икки омилга боғлиқ: назарий ва психологик тайёргарлик. У мавзуларни қанчалик яхши ўзлаштирган бўлса ҳам, имтиҳон вақтидаги ҳаяжон душманга айланиши мумкин.

Диққатни жамланг. Титул варағини тўлдириш каби барча расмиятчиликларни бажариб бўлгач, диққатни жамлашга ва атрофни унутишга ҳаракат қилинг. Сиз учун фақат вазифалар матни ва соатлар мавжуд бўлиши керак. Қатъий белгиланган вақт жавоблар сифатига таъсир қилмаслиги керак. Жавобни киритишдан олдин саволни икки марта ўқинг ва сиздан нима талаб қилинаётганини тўғри тушунганингизга ишонч ҳосил қилинг.

Осонидан бошланг. Тест ечишни сизда шубҳа туғдирмайдиган саволларга жавоб беришдан бошланг. Узоқ ўйлантирадиган саволларга кўп тўхталманг. Шунда анча тинчланасиз, юклама енгиллашади. Мия янада аниқ ишлай бошлайди. Қолган бутун куч ва диққатни қийин саволларга йўналтириш мумкин бўлади.

Шошилманг, вазифани охиригача ўқинг. Вазифани биринчи сўзлариданоқ унинг шартини тушунаман деб шошқалоқлик қилманг. Бунда энг осон саволларга ҳам хато жавоб бериш эҳтимоли ошади. Шошқалоқлик натижасида жавоби миянгизда нақд бўлган саволни ҳам бой беришингиз мумкин.

Фақат ҳозирги вазифа ҳақида ўйланг. Янги вазифани ўқиётганда аввалги ҳамма нарсани унутинг. Тестлардаги вазифалар бир-бири билан боғлиқ эмас, шунинг учун сиз илгари қўллаган қоидалар ва формулалар янги вазифани тўғри ҳал қилишга халақит беради.

Муваффақиятсизликни унутинг. Агар биронта тестга жавобни билмасангиз, бу муваффақиятсизлик таъсирида қолиб кетманг. Янги саволни янги имконият сифатида қабул қилинг. Аввалги вазифалар натижасидаги тушкунлик кейинги топшириқлар самарасига таъсир кўрсатмасин.

Истисно қилинг. Тўғри жавобни билмасангиз, нотўғрилигига ишончингиз комил бўлган жавобларни кетма-кет чиқариб ташланг. Бу вариантлар ўртасида танлов доирасини торайтиради.

Текшириб кўринг. Бажарган топшириқларингизни текшириб чиқишга вақт ажратинг, ҳеч бўлмаганда кўз югуртириб, хатоларни кўриш учун вақт топинг.

Тахмин қилинг. Аниқ жавобга ишончингиз комил бўлмаса, интуитив равишда бирор вариантни танланг. Баъзида интуицияга ишониш керак.

Тестга кирадиган абитуриентларга юбориб қўйинг, албатта фойдаси тегади!

Сафимизга қўшилинг!
https://t.me/ulugbek_education_kogon
648 views20:11
Ochish/sharhlash
2022-08-05 12:12:21
#attestasiyaga_tayyorlov

Ulug'bek o'quv markazi"da O'qituvchilar uchun tezkor attestatsiyaga tayyorlov kurslari

Matematika fanidan o'qituvchi.
Shadmanov Istam Uktamovich
+998919223355

Fizika fanidan o'qituvchi.
Tursunov Sardor Uyg'unovich
+998997008646

Ona tili va adabiyot fanidan o'qituvchi.
To'xtayev Shuhrat Furqatovich
+998949393945

Ingiliz tili fanidan o'qituvchi.
Axrorif Abdullo Qurbonovich
+998936244616

Manzil: Kogon shahar Qoroulbozor shoh ko'chasi 398-uy, Mo'ljal: Kogon Pedagogika kolleji!

Kanalimizga obuna bo'ling!
@Ulugbek_Education_Bukhara
511 views09:12
Ochish/sharhlash
2022-08-05 06:40:39 mandat.dtm.uz saytidagi ma’lumotlar yangilandi

Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar mazkur sayt orqali tegishli oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini ko‘rishlari mumkin.

Shuningdek, abituriyentlarni ID raqami orqali qidirish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, “Batafsil” tugmasi bosilganda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

abituriyent tanlagan oliy ta’lim muassasalari;
OTM doirasida tanlangan ta’lim yo‘nalishlari;
ta’lim yo‘nalishlari qaysi ta’lim shakllari doirasida tanlangani;
davlat granti asosidagi qabul rejasi;
to‘lov-kontrakt asosidagi qabul rejasi;
ta’lim tili (test topshiriqlari shu tilda beriladi);
tanlov ustuvorligi (tanlov qanday amalga oshirilishi).

Bundan tashqari, abituriyentlar test sinovida ishtirok etganidan so‘ng, test natijalarini ham mazkur sayt orqali bilishlari mumkin bo‘ladi.
498 views03:40
Ochish/sharhlash