2022-12-12 15:49:47
Xalq ta’limi tizimidagi har oylik ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni saralash test sinovi uchun test topshiriqlari spetsifikatsiyasi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi
“Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 425-son qarorida Xalq ta’limi tizimidagi
malakali pedagog kadrlarni har oylik ustama to‘lash orqali rag‘batlantirish belgilangan.
Unga ko‘ra, ustama to‘lanadigan malakali pedagog kadrlarni tanlab olish uchun
nomzodlarning dars beradigan fani bo‘yicha bilim darajasini baholash test sinovlari o‘tkaziladi.
Xalq ta’limi vazirligining murojaatiga asosan mazkur test sinovi
Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli test sinovi o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha
test topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va Xalq ta’limi vazirligidan kelishuvdan o‘tkazilib, tasdiqlandi.
Tasdiqlangan spetsifikatsiyalar Davlat test markazining
rasmiy veb saytiga joylashtirilgan bo‘lib, quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://dtm.uz/page/xalq_spets
Do'stlaringizga ulashing
Bizning kanal:
https://t.me/+Yntp6jLBX7YzMWMy
15.6K viewsElmurod Ziyaboyev, edited 12:49