Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu aleykum !! xurmatli Uloq ko‘pkarining ashaddiy ixlosm | Uloq UZB

Assalomu aleykum !!
xurmatli Uloq ko‘pkarining ashaddiy ixlosmandlari.

Barchangizni 2023 yilning 14-mart kuni Toshkent Viloyati G‘azalkent diyorida o‘ngan o‘sgan piri-badavlat oila soxiblari Mashxur ASTANA, QUYOSH OTLAR egasi Abdualim akamiz hamda Abdulaziz akalarimizning chempionat uloq ko‘pkarisi belgilandi!

To‘yimiz sababchilari raxmatlik Abdummannob otamizni xotirasi, Omonjon onamizning muborak yubileylari hamda Abdulaliz akamiz farzandlari Azizbek, Asadbek Xasanjon va Xusanjonlarning sunnat va xatna to‘ylariga bag‘ishlangan katta ko‘pkariga, yurtimizning barcha polvonu otvozlari hamda aziz ko‘pkari muxlislarini taklif etamiz.
Ko‘pkari solimlari :
Tuyalar
toylar
Tanalar
Qo‘ylar
echkilar vat turli xil qimmatbaxo sovrinlardir!
Ko‘pkari barchaga xalollik va pokligi bilan mashxur bo‘lgan MUSTANG maydonida soat 12:00da boshlanadi! Ushbu ko‘pkari dron nazorati ostida o‘tishi to‘y egalari tomonidan ta‘minlanadi.

Xizmatlaringizda : ANVAR TAMADA!! Hamda Uloq Uzb yutub kanali ijodkorlari bo‘lishadi!

KO‘PKARIGA MARXABO!!!