2022-12-29 17:52:20
Messiga qanday aloqam bor?
Aslida fudbolga unchaliq qiziqishim bo'lmasada lekin do'stlarim hamda yaqinlarim tomonidan
"Argentina" jamoasi g'alaba qozonganini va jamoa a'zosi
Messi esa xursandchiligi juda yuqori ekanligini takror va takror eshitmoqdaman.
Ajoyib g'alaba, "
Argentina" jamoasini chempionlik bilan tabriklayman.
Albatta, bu natija o'z-o'zidan bo'lmagan. Qancha mehnat va mashaqqatlarning ajoyib samarasi. Ushbu g'alabaga o'z hissasini qo'shgan fudbolchi
Messi esa o'z sohasining ekspertlaridan biri ekanligini dunyoga yana bir bor ko'rsatib qo'yganligini bilib olish qiyin emas.
Shu payt o'z-o'zidan menda savol to'g'iladi: Xo'sh, men 2022 yilda qaysi sohada o'zimni ko'rsata oldim. Qaysi sohada
"chempion" bo'lishga harakat qildim. Shu yilga qadar kopirayterlikka hech qanday aloqam yo'q edi. Hammasi
2021 yil sentyabr Ikhtiyor Dusmetovning
"Qadam baqadam" online kursida qatnashganimdan so'ng boshlandi. Ushbu kursda
"o'zingizni toping" degan so'zlari men juda o'ziga tortgandi.
2022 yil mart oyi oziq-ovqat do'konida ishlab yurganimda telegram kanallarning birida Anora Abirkulova va Zuxriddin Nuriddinovlarning
"Kopirayter Marketolog" kursining reklamasini o'qidim va sotib oldim hamda kopirayterlikning barcha bilimlariga ega bo'ldim.
"Tirikchilik" sabablari tufayli oradan bir ekki oy vaqt o'tdi. Kopirayterlik yo'nalishida ham qisqa tanaffus bo'ldi. Tumanimiz markazidagi Ucell ofisiga operator lavozimiga ishga kirdim. Sentyabr oyida esa
Nurbek Yuldashevning "Kopirayter 2.0" kursini sotib oldim va men "o'zimni topdim". Bundan tashqari ko'plab
"ajoyib" savollarim orqali tajribali kopirayterlar bilan aloqa o'rnatdim. Bulardan Ezozxon Sarvarovna, Jamoliddin va boshqalar. Nasib qilsa natija bor. Jaydari kopirayter
Doniyorbek do'stim yaqinda kanaliga joylaganlaridik ustozlarning
"asabini muzlatib" va hali uncha daromadga kirmagan bo'lsamda lekin hozirgi
"men" bilan oldingi
"men"da juda katta farq bor. Hozircha mening natijalarim shu.
Sizga 2023 yildagi o'z rejalarimdan aytadigan bo'lsam, postlarni "gollar" misolida darvozalarga joylab Chempion kopirayter bo'lmoqchiman. Sizning 2023 yilda rejalaringiz qanday?
Messiga qanday aloqam bor ekanligiga keladigan bo'lsak shunchaki u men portfolio kanalimni kuzatib borar ekan . Tursunxonni esa albatta taniyman. Hammaga 2023 yilda omad. Sog' bo'lasizlar!
Ushbu postni kanalingizga qo'yib meni xo'rsand qilmoqchimsiz, qanday ajoyib.
170 views14:52