Get Mystery Box with random crypto!

​​The Ordinary Marine Husnbuzarlardan qolgan pigment dog'la | Ugrilardan qutulish

​​The Ordinary Marine

Husnbuzarlardan qolgan pigment dog'larni yo'q qilish oson ish emas. Ayniqsa ular siqilgan husnbuzarlarning dog'i bo'lsa muammo birmuncha jiddiylashadi. Hozirgi postda pigment dog'larga qarshi ajoyib effekt beradigan ikkita mahsulot haqida gaplashamiz

The Ordinary (niacinamide 10%)

Kanada davlatida ishlab chiqariluvchi bu masulot butun dunyo bo'yicha eng mashxur, samarali va juda arzon preparat hisoblanadi.

Xususiyatlari:

Yuz terisida global muammolar tugab uni tiklash bosqichini boshlagan insonlarga;
Husnbuzarlardan qolgan dog'larni oqartirishda;
Yog' bezlarini tartibga solishda;
Yog'li yuzlarni parvarishlashda;
Yuz terisini oqartirish va silliqlashda;
Terini yoshartirish va yuzdagi foralarni kichraytirishda yaxshi samara beradi.

Respublikamiz kosmetik bozorlaridagi o'rtacha narxi: 140ming so'm
Natijasi: 3 haftada seziladi
Jaxon dermatologlari va shaxsan o'zim tavsiya qilaman

Marine niqobi

Kosmetolog @Abdullayeva_Sevara tomonidan tayyorlanadigan va ko'p vaqtdan buyon yuz parvarishida asosiy talabgir niqoblar qatorida e'tirof etiladigan tabiiy niqob.

Xususiyatlari:

Pigment dog'larni yo'q qiladi;
Chandiqlarni yaxshilaydi;
Yuz terisini vitaminlar bilan oziqlantiradi, namlaydi va tiklanish jarayonlarini boshlaydi;
Silliqlik, taranglik va elastiklikni oshiradi;
Teri sirtining kamchiliklarini yashiradi, yallig'lanishga qarshi va tekislovchi ta'sir qiladi

Narxi: 1ta idish 360ming, 2tasi 720ming (bir donalab sotilmaydi, bir qutida ikkita bo'ladi)
Natijasi: 3 oy
Shaxsan o'zim tavsiya qilaman

Qaysi birini tanlagan avzal?

Xususiyatlari bo'yicha Marine niqobi serumdan yaxshiroq, lekin narxi juda qimmat! Agarda siz pigment dog'lar uchun harid qilmoqchi bo'lsangiz sizga The Ordinary ni tavsiya qilaman. Bitta Marine komplektini puliga kamida 4ta The Ordinary serumidan sotib olishingiz va kamida 4 oy foydalanishingiz mumkin. Va plyus Marine ga o'xshab 2ta olishga hojat yo'q, chunki hammaning ham sharoiti bittada 720ming so'm to'lashga yetmaydi. Serumni esa donalab 140mingdan har oyda sotib olib mazza qilib ishlatasiz va bu muddat davomida albatta hayratlanarli natijaning guvohi bo'lasiz! Serumdan qanday foydalanishni bilmoqchi bo'lganlar o'z savollaringizni guruhimizga yozib qoldiring!

@ugrilardan_qutulish