Get Mystery Box with random crypto!

Boom! Shahram G‘iyosov iyuldayoq chempionlik jangida qatnashis | Boks|MMA|UFC

Boom! Shahram G‘iyosov iyuldayoq chempionlik jangida qatnashishi mumkin

Matchroom promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn prof boksning yarimo‘rta vazn toifasida IBF chempioni Jeyron Ennisga (31-0, 28 KO) 13-iyul kuni Filadelfiyada o‘tkaziladigan boks kechasida raqib izlash bilan band.

@ufcboxing_uz kanali manbasiga ko‘ra, nomzodlar orasida Shahram G‘iyosov (15-0, 9 KO) ham bor.

Aslida Ennisga 13-iyul kuni Kodi Krouli (22-0, 9 KO) raqiblik qilishi lozim edi. Biroq shifokorlar Krouliga ko‘zi bilan bog‘liq muammolar sabab jangga ruxsat bermadi.

Ta’kidlash joiz, Krouli 2021-yilda o‘zbekistonlik Qudratillo Abduqahhorovga faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni keltirgandi.

Boks|MMA|UFC