Get Mystery Box with random crypto!

Bu - xatolik! Qaysiki, qizlarimizga ba'zi amallarining oqibatl | Uçoq

Bu - xatolik!
Qaysiki, qizlarimizga ba'zi amallarining oqibatlari qançalik oğir ekanligini aytayotgan bir paytimizda, ular kun davomida ARALAŞ jamiyatda bölişi, bu jamiyatga esa bizningham salbiy ta'sirimiz yöq emas...
Bu huddi benzin quyib, yoqib yuborib, yana unga "yonma!" deyişga oxşaydi.

Bu - xatolik!
Qaysiki, öğillarimiz har bir narsada eng yaxşilarning eng yaxşisi bölişi kerakligi. Sportda yoki işda tuşunmasligi "NEGA U ENG YAXŞİSİ EMAS !?".
Hamma eng zöri bölsa, keyin kim örtaça odam böladi? Alloh şaxsning yerdagi darajasini şunçaki oldindan belgilab qöyganining hkmatini anglamay, ota-onasining noroziligi tufayli dunyoga nisbatan hasad va fasodga tölib borişi.

Bu - xatolik!
Qaysiki, farzandlarimiz odamlar uçun emas, balki Alloh uçun yaxşilik qiliş nimani anglatişini bilmasligi.

Bu - xatolik!
Qaysiki, farzandimiz faqat öz kuchiga işonişi. U hamma narsani yakka özi qila olişiga, hamma narsani eplay olişiga, bilişiga, pul ishlab topişiga işonişi.
Yöq. Inson faqat özi heç narsa qila olmaydi. U Allohga, uning rahmatiga, uning mehriga talpinişi, u tomon intilişi, boşidan oxirigaça umid qilişi, maqsadiga yetganda esa maqtanmasligi, balki Allohga hamd aytişi, şukur qilişi kerak.