Get Mystery Box with random crypto!

Kelajakdagi ayolimga xat..) Allohim mening hayotimni, rizqimn | Uçoq

Kelajakdagi ayolimga xat..)

Allohim mening hayotimni, rizqimni u bilan boğlagan va unga sodiq bölişga, uni asraşga, himoya qilişga buyurgan kişiga, Yaratgan mening taqdirimni uning taqdiri bilan boğlagan, qalblarimizga bir-birimizga bölgan muhabbat, hurmat va rahm joylagan insonga,
Qiyomat kunida men u uçun Alloh oldida javobgarlikni olgan insonimga bağişlanadi.

Hozirça sening kimligingni bilmayman, lekin Sen Allohning bu hayotda menga in'om qilgan yaxşiligi, qalbimning taskini va xotirjamligisan.
Sen, şa'niga, qadr-qimmatiga va hayotiga Alloh Meni himoyaçi qilgan odamsan.
Sen bu hayotda mening farzandlarim onasi, tayançim, yöldoşimsan.
Agar men kasal bölsam, közlaring va ovozingdagi taşviş menga befarq emasligingni aytadi.
Agar menga yordam yoki maslahat kerak bölsa, men sendan sörayman, çunki mening holatimni e'tiborsiz qoldirmasligingni bilaman, çunki mening holatim sening holating.
Agar sen xato qilsang, muloyimlik bilan, insha Alloh, tuzatişga yordam beraman.
Va agar men sening noroziliginga sababçi bölsam, hafa qilib qöysam, meni keçirmaguningça tinçimasman.
Közlaringga qarab aytaman: "Men seni Alloh uçun yaxşi köraman!" va Alloh bizga mehr va rahm bilan qarayotganini his qilaman.
Taqdirimni sen bilan boğlagan Allohga hamdu sanolar bölsin