Get Mystery Box with random crypto!

Nihoyat bugun futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi | 3-TAYM

Nihoyat bugun futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Qatardagi Osiyo kubogi doirasida ilk oʻyinini oʻtkazadi. Qitʼamizning har toʻrt yillikdagi eng nufuzli musobaqasida hamyurtlarimizni koʻllab-quvvatlash uchun hamma qoʻldan kelganicha harakat qilyapti, yangi trendlar oʻylab topishyapti.

Uzbekistanʻs Club jamoasi ham futbolchilarimizni qoʻllab-quvvatlashning original usulini tayyorlab qoʻyishibdi. Mashhur “Oʻzbekistonlik” qoʻshigʻiga ishlangan videoklip barchamizni – muxlislar-u futbolchilarimizni bir mushtga aylantiradi, yana birlashtiradi, albatta. Undagi “Men Oʻzbekistonlikman — qonimda gʻalaba!” soʻzlarini esa Oʻzbekiston terma jamoasining Osiyo kubogidagi shioriga aylantirish mumkin. Yurakdan qaynab chiqayotgan bu soʻzlar oldida har qanday raqib ojiz.

Butun turnir davomida birgalikda gʻalaba haqida kuylash nasib qilsin! Bizning qonimizda boʻlgan gʻalaba haqida! Olgʻa, Oʻzbekiston!