Get Mystery Box with random crypto!

Xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “IT Star” tanlovida UBS o‘q | University of Business and Science



Xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “IT Star” tanlovida UBS o‘qituvchisi g‘olib bo‘ldi

11-may kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida IT ta’lim uyushmasi qoshida tashkil etilgan IT Ladies hamjamiyati tomonidan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “IT Star” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, IT sohasi bilan bog‘liq har qanday yo‘nalishda faoliyat yuritadigan kasb egalari 46 ta nominatsiyada taqdirlandi.

Ularning orasida bizning tinib-tinchimas ustozimiz Muyassar Hojiyeva “Eng yaxshi loyiha menejeri” nominatsiyasida gʻolib boʻldi.

Ustozimizning keyingi faoliyatlarida ham omad va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

UBS siz bilan faxrlanadi, qadrli ustoz!
___

UBS bilan ilmga yo‘l oching!

Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube