Get Mystery Box with random crypto!

#bizning_ustozlar Gʻafforov Yarash Xolliyevich — tarix fanla | CHDPU | Rasmiy kanal

#bizning_ustozlar

Gʻafforov Yarash Xolliyevich — tarix fanlari nomzodi, professor

— 1988-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan;

— 1995-yilda dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan;

— 2022-yilda Oʻzbekiston tarixi boʻyicha professor ilmiy unvoni berilgan;

— Ilmiy rahbarligida 30 dab ortiq magistrlik dissertatsiyalariga va 100 ga yaqin bakalavrlik malakaviy bitiruv ishlariga rahbarlik qilgan, hozirgi kunda 4 ta yosh-tadqiqotchilarning ishlariga rahbarlik qilib kelmoqda;

— 4 ta darslik, 10 ta qoʻllanma, 4 ta monografiya, 200 ta ilmiy maqolalar muallifi;

— Renessans: ilmiy markazi va nashriyot uyi tomonidan 2022-yilda "Renessans davri: Ilmiy tadqiqotchilar yetakchisi" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan;

— "Oʻzbekistonda taʼlim" jurnali tahririyati qarori bilan "Taʼlim fidokori" esdalik nishoni bilan taqdirlangan;

— Ilmiy tadqiqotlar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan " Tashabbuskor islohotchi – 2022" koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan;

— " Journal of Ethics and Diversity in Internatsional Communication" xalqaro ilmiy jurnali tahrir hayʼati aʼzosi;

— CHDPU Gumanitar fanlar fakulteti Oʻquv-uslubiy kengashi raisi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube