Get Mystery Box with random crypto!

#ChDPUnishonlaymiz Amir Temur – ilm-fan va bunyodkorlik homiy | CHDPU | Rasmiy kanal

#ChDPUnishonlaymiz

Amir Temur – ilm-fan va bunyodkorlik homiysi

9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun. Sana munosabati Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari buyuk bobokalonimiz va temuriylarning jahon tamadduniga qo‘shgan ulkan hissasini yodga oldi.

Jahon adabiyotining buyuk namoyandalaridan hisoblangan Alisher Navoiyning ijodi, Lutfiy va Husayn Boyqaro she’riyati, Qozizoda Rumiy va Ali Qushchi asarlari, Kamoliddin Behzodning durdona miniatyura rasmlari, Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho "Boburnoma"si, go‘zal she’riyati, ilmiy asarlari, muarrixlar G‘iyosiddin Ali, Nizomiddin Shomiy, Muiniddin Natanziy, Hafizi Abro‘, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamirning solnomalari – barcha-barchasi temuriylar davrining mahsuli ekanligi qayd etildi.

Harbiylar ishtirokida tashkillashtirilgan ochiq muloqot talaba-yoshlarga ko'taringki kayfiyat ulashdi.

Universitet rasmiy sahifalari:
Web-sayt | Telegram | Instagram | Facebook |YouTube