2023-01-11 18:00:36
ANIQLOVCHI
Aniqlovchi qo’shimchasi ish harakatni aniq bir narsa ustida bo’lganini bildiradi.
Turk tilida aniqlash qo’shimchasi sifatida –i, –yi, kabi qo’shimchalar qo’shiladi. Bu qo’shimcha o’zbek tilidagi “-ni” qo’shimchasiga mos keladi.
Masalan:
Ben kitap aldım – Men kitob oldim.
Ben kitapı aldım – Men kitobni oldim.
Qoshimchalarning qo'shilishi !
Oxirgi harf undosh bo’lib, undan avval quyidagi unlilar bo’lsa:
e, i (+undosh) => -i
a, ı (+undosh) => -ı
o, u (+undosh) => -u
ö, ü (+undosh) => -ü
Masalan:
Evi temizle – Uyni tozala
Kitapı al – Kitobni ol
Karpuzu ver – Tarvuzni ber
Otobüsü bekle – Avtobusni kut
Agar oxirgi harf -k bilan tugasa,
u holda bu -ğ harfiga aylanadi:
yemek) yemeği ye – ovqatni ye.
Oxirgi harf unli bo’lsa:
e, i => -yi,
a, ı => -yı
o, u => -yu
ö, ü => -yü
Masalan:
Arabayı temizle - Moshinani tozala.
Kapıyı kapat - Eshikni yop.
Kutuyu oç - Qutuni och.
https://t.me/turktili_tilini_organamiz
447 views15:00