Get Mystery Box with random crypto!

Turkiy davlatlar tashkiloti | Turk dunyosi

Telegram kanalining logotibi turkiy_davlatlar_tashkiloti — Turkiy davlatlar tashkiloti | Turk dunyosi T
Telegram kanalining logotibi turkiy_davlatlar_tashkiloti — Turkiy davlatlar tashkiloti | Turk dunyosi
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 81
Kanalning ta’rifi

Biz kim - Mulki Turon, Amiri Turkistonmiz biz kim millatlarning eng qadimi va eng ulug`i Turkning bosh bo`g`inimiz. ( Amir Temur)
Biz birgalikda katta kuchmiz.
Aloqa uchun: @TurkDunyosi_aloqabot

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-28 13:22:12
2022-yil yanvar-noyabr: O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi.

Turk Dunyosi
39 viewsedited  10:22
Ochish/sharhlash
2022-12-28 11:27:34
Turkiya OAV: OREO ishlab chiqaruvchisi Mondelez International kompaniyasi koʻp yillar davomida yashirib kelgan siri haqida, yaʼni oʻz mahsulotida choʻchqa yogʻidan foydalanganini tan oldi.

Bi
r necha yil oldin Mondelez International bayonotida oʻz mahsulotining Turkiya oziq-ovqat qonunchiligiga toʻliq javob berishini va Turkiyada sotiladigan barcha OREO mahsulotlari tarkibida hayvonot xomashyosi yoki spirtli ichimliklar mavjud emasligini taʼkidlagan edi.

2019-yilda Twitter'da bir foydalanuvchi “ OREO halolmi?” dyeb soʻradi. OREO brendining rasmiy Twitter akkauntida, “Yoʻq, OREO pechenelari halol (sertifikatlangan) emas”, deb javob bergan edi. Shundan soʻng mahsulot mazali boʻlishiga qaramay, halol sertifikati yoʻqligi uchun musulmon davlatlarida uning savdosi bir muncha pasaygan edi.

Turk axborot kanallari, oʻshandan beri halol sertifikatini olmaganiga “qaymogʻidagi formulani oshkor etmagani” sabab boʻlgani aytilgan boʻlsa-da, asl sabab choʻchqa yogʻi tan olinishi bilan oshkor boʻldi deya xabar tarqatdi.
53 views08:27
Ochish/sharhlash
2022-12-28 06:29:01
Xitoy oʻta qaltis vaziyatda xavfli tavakkalga qoʻl urmoqchi

Xitoy hukumati mamlakat koronavirus infeksiyasiga duch kelgandan beri  keng koʻlamli ravishda turistlarga mamlakatga kirib chiqishlari uchun katta imkoniyat bermoqchi.

Xitoy uch yildan beri koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish koʻrsatkichlari eng yuqori mamlakatlar reytingida birinchi boʻlib kelmoqda.

Oʻtgan yakshanba kuni mamlakat hukumati Covid 19 bilan kasallanish sonini eʼlon qilishni toʻxtatish haqida qaror chiqazgan. Bu degani maxalliy oav lar Covid 19 xaqida malumotlar tarqatishlariga cheklovlar joriy qilindi.

Biroq Reuters va Britaniya kompaniyasi boʻlgan Airfinity tasdiqlagan maʼlumotlar esa Xitoyda har kuni millionlab infeksiya yuqish holatlari va 5000 taga yaqin oʻlim holatlari qayd etilyotganligini taʼkidlashmoqdalar.

Turk Dunyosi
40 viewsedited  03:29
Ochish/sharhlash
2022-12-28 06:26:06
2022-yil sarhisobi: O‘zbekistonning turli xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlari.

Turk Dunyosi
45 viewsedited  03:26
Ochish/sharhlash
2022-12-27 19:52:21
Yigirma bir yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki sotish taqiqlanmoqda

Oliy Majlis Senatining o‘ttiz oltinchi yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi qonunda shu haqda so‘z boradi.

Turk Dunyosi
42 viewsedited  16:52
Ochish/sharhlash
2022-12-27 19:49:51
Tayvan "Xitoy tahdidi kuchayishi" sababli harbiy xizmatni rasman uzaytirdi

Bugun orol davlatida majburiy harbiy xizmat muddati to‘rt oydan bir yilgacha uzaytirildi.

Turk Dunyosi
43 viewsedited  16:49
Ochish/sharhlash
2022-12-27 18:11:01
Keyingi yil Ukraina atrofidagi voqealarda katta rol o'ynagan Turkiya uchun taqdirli yil bo'lishi mumkin.

2023-yil 18-iyun kuni u yerda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Mamlakatni qariyb 20 yildan beri boshqarib kelayotgan amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on uchun esa vaziyat juda og‘ir.

Katta inflyatsiya uning reytingini pasaytirdi.

Endi esa, ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra, u ikkinchi turda barcha asosiy raqobatchilari – Istanbul meri Ekrem Imomog‘lu, Anqara meri, millatchi Mansur Yavash va Respublika Xalq partiyasi rahbari Kamol Qilichdorog‘luga yutqazmoqda.

Erdo‘g‘on uchun eng xavflisi G‘arb bilan aloqasi bor Imomog‘ludir. Mahalliy matbuot uni “turk Zelenskiysi” deb ataydi.

Turkiyaning amaldagi prezidenti g‘alaba qozonish uchun bor kuchini sarflamoqda. Shu tariqa mahkama yaqinda Imomog‘luga nisbatan hukumat vakilini haqorat qilishda ayblanib, hukm chiqardi. Buning yaqqol maqsadlaridan biri uning saylovda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.

Turk Dunyosi
43 viewsedited  15:11
Ochish/sharhlash
2022-12-27 17:58:01
E'tiborli fakt: Islom erkaklarga tilla uzuk taqishni qat'iyan man etadi. Shunday qilib, Putin o‘z sovg‘alari bilan musulmon davlatlari prezidentlarini noqulay ahvolga solib qo‘ydi.

Turk Dunyosi
39 viewsedited  14:58
Ochish/sharhlash
2022-12-27 17:53:01
Janubiy Koreyada miya yeyuvchi parazitning birinchi holati tasdiqlandi.

Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi (KDCA) maʼlumotlariga koʻra, mutaxassislar inson miyasiga kirib boradigan Negleria Fowler turiga mansub amyoba bilan kasallangan birinchi holatni aniqladilar.

Xabar qilinishicha, bemor 10-dekabr kuni Janubiy Koreyaga qaytgunga qadar to‘rt oy Tailandda bo‘lgan, u yerda bosh og‘rig‘i, isitma, qusish, nutq funksiyasining buzilishi va boshqalar kabi alomatlarni ko‘rsatib, 21 dekabr kuni vafot etgan. Sog'liqni saqlash organlari qo'shimcha tekshiruvlardan so'ng u Naegleria Fowler amyobasi bilan kasallanganligini tasdiqladi.

Turk Dunyosi
41 viewsedited  14:53
Ochish/sharhlash