Get Mystery Box with random crypto!

SÖZLÜK – LUG’AT. So’zlarni o’qing va yodlang Var – Bor / mav | Turkcha O'rganamiz | Rasmiy kanal

SÖZLÜK – LUG’AT.
So’zlarni o’qing va yodlang
Var – Bor / mavjud
Yok – Yo’q / mavjud emas
Evet – Ha / Shunday
Hayır - yo’q / unday emas
Gömlek – ko’ylak
Renk - rang
Pantolon - shim
Lazım – kerak / lozim
Yeşil – yashil (rang)
Mavi – ko’k (rang)
Çay - choy
Küçük - kichik
Tane - dona
Otobüs - avtobus
DİL BİLGİSİ – GRAMMATIKA
SORU EKİ - SO’ROQ QO’SHİMCHASİ
Turk tilida so’roq qo’shimchalari mi? (mı, mu, mü) yordamida yasaladi. Masalan:
Bu araba mı? – Bu moshinami ? Burda kitap var mı? – Bu yerda kitob bormi?
Turk tilida so’roq qo’shimchasi alohida yoziladi, ya’ni so’zga qo’shilmagan holda
yoziladi. So’roq qo’shimchalari o’zidan avvalgi so’zning harfiga qarab o’zgaradi. Ya’ni
qaysi holda mı?, qaysi holda mu? Bo’lishini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin
Oxirgi yoki oxirgidan avval kelgan unli
harf quyidagilar bo’lsa:
e , i => mi ?
a , ı => mı?
o , u => mu?
ö , ü => mü?
Masalan:
Bu araba yeşil mi ?
Sana lazım mı ?
Ev’de kitaplar çok mu?
Bu Otobüs mü?
Turk tilida savol berish, Senda ….. bormi ? yoki Sening …. -ng bormi? deb so’rash
quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi. Masalan:
Sende araba var mı? – Senda moshina bormi?
Senin araban var mı? – Sening moshinang bormi?
Onda ev var mı? – Unda uy bormi?
Onun evi var mı? – Uning uyi bormi?
Bunda tashqari, savol berishning turli ko’rinishlari mavjud, Masalan:
Sana lazım mı? – Senga kerakmi?
Sana kitap lazım mı? - Senga kitob kerakmi?
Burada ne var ? - Bu yerda nima bor?

@turkca_organamiz