Get Mystery Box with random crypto!

Yevropa Chempionlar Ligasi final bosqichiga ham nihoyat yetib | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Yevropa Chempionlar Ligasi final bosqichiga ham nihoyat yetib keldik.

Finalda asosiy favorit bo’lmish "Real Madrid" deyarli 15-kubokni o’ziniki qilib olgan. Axir XXI asrda hali biron marta Real finallarda mag’lub bo’lmagan.

Yosh avlodga jamoani topshirib ketayotgan Toni Kroos ushbu kubokni yutib xotirjam Yevroda qatnashmoqchi. Faqat ularni qarshisida "Borussiya Dortmund"dek sirli jamoa kutib turibdi. Atletikoni turnirdan chiqarib yuborganda omad deyishdi, PSJni chiqarib yuborishganda PSJni o’zini ayblashdi. Finalga chiqqani tasodif emasligini oʻz mixlislariga ko’rsatib qo’yish uchun ham "Dortmund" g’alaba qozonishga harakat qiladi.

Bugun soat 23:50 da
"Godzilla" va "Yosh King Kong" jangini birgalikda kuzatamiz. Hasan Turdialiyev va Orif Tolipov sharhida. Sport TVda. Ishonavering bu final aniq o’zgachaligi bilan esingizda qoladi...

𝑲𝒂𝒏𝒂𝒍𝒈𝒂 𝒐𝒃𝒖𝒏𝒂 𝒃𝒐ʻ𝒍𝒊𝒔𝒉
@Maftuna_Valiy