Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: 'Real' 12 karra Ispani | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Real" 12 karra Ispaniya Superkubogi sohibiga aylandi

"MYU" yozda Pochettinoni murabbiylikka olib keladi. Murabbiyga boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda [The Telegraph]

Marselo "Real" safida 23-sovrinni qo'lga kiritdi. Braziliyalik futbolchi bu ko'rsatkich evaziga Xento rekordini takrorladi

Dibala "Yuve" bilan shartnomasi haqida: "Yuventus"dagilar fevralda muzokara bo'lib o'tishini aytishdi"

Salah "Liverpul"da haftasida 400 ming funt maosh olishni istamoqda [Mirror]

Veynaldum jarohat oldi va 3 haftaga safdan chiqdi

Anchelotti "Lids" tayanch yarimhimoyachisi Kalvin Fillipsga qiziqmoqda [El Nacional]

"Jenoa" direktori Shevchenko haqida: "Jamoa o'yinida o'sish kuzatilmadi. Tezkor qaror kechiktirilgan qarordan yaxshiroq"

Modrich Ispaniya Superkubogi turnirining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

"Barselona" Depayni sotmoqchi emas. Klub futbolchi tezroq sport formasini tiklab olishiga umiq qilmoqda [Marca]

Mourinyo "Everton"ni boshqarishdan bosh tortdi [The Telegraph]

Lempard, Runi, Potter va Martines "Everton" murabbiyligiga nomzod bo'lib turishibdi [Sky Sports]

"Chelsi" Chiluell o'rniga Kurzavani sotib olishi mumkin [RMC]

"MYU" va "Chelsi" Arauxoga qiziqish bildirishmoqda. "Barselona" himoyachisi 2023-yilda erkin agentga aylanadi [Marca]

"Nyukasl" van de Bek va Veynaldumni ijaraga olmoqchi [The Telegraph]

Xavi Dembelening shartnomani uzaytirishdan bosh tortayotganiga qaramasdan uni zaxirada ushlamoqchi emas [As]

Klopp: "Brentford"ga qarshi o'ynash juda noqulay. Chunki to'p juda ko'p muddat havoda bo'ladi"

Trent jory mavsum APLdagi assistlari sonini 10taga yetkazib oldi va Salahdan o'zib ketdi

Luka Modrich Ispaniya Superkubogida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi

Immobile "Latsio" safida A Seriyadagi gollari sonini 140taga yetkazib oldi. Chiro 2016-yildan buyon TOP5 chempionatlarda gol urish bo'yicha faqat Levandovski (179) va Messidan (163) ortda qolmoqda

Holand kelajagi haqida: "Borussiya" meni tezroq qaror qabul qilishga undamoqda. Men esa shunchaki futbol o'ynamoqchiman. Klubga bo'lgan hurmatim tufayli indamayotgan edim. Ammo endi biror chora ko'rishim kerak"

Messining oilasi Leoni "Barselona"ga qaytishga undamoqda. Antonella farzandlarining fransuz tilini o'rganishga qiynalayotganidan xavotirda [Le10Sport]

Ispaniya kubogining "Betis" - "Sevilya" bahsida boshidan jarohat olgan Jordanda bosh miya jarohati tashhisi qo'yildi. Bahs qaytadan muxlislarsiz o'tkazildi

Kristian Eriksen APL klubiga o'tishga yaqin [The Times]

"Barselona" Firmino transferiga qiziqish bildirmoqda [Goal]

Shmeyxel APLdagi chempionlik haqida: "Bu futbolchilarning chempionligi edi. Ranyerining emas. Biz bilan Pirson ham chempion bo'lishi mumkin edi"

Roy Kin: "Rangnikka imkon berish kerak. "MYU"ning muammolari ko'p"

Koutinyo debyut goli haqida: "Yaxshi start. Men APLni sog'ingan edim"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan