Get Mystery Box with random crypto!

35 yoshli Luish Nani 'Venetsiya' safida debyut qildi. U o'yin | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

35 yoshli Luish Nani "Venetsiya" safida debyut qildi. U o'yinning 72-daqiqasida zaxiradan maydonga tushib oradan bir daqiqa o'tgach Okerekening goliga uzatmani amalga oshirdi. Mazkur gol evaziga "Venetsiya" o'z maydonida mag'lubiyatdan qutilib qoldi. Qiziq tomoni Nani oxirgi marta noyabr oyida maydonda harakat qilgan edi. Yangi jamoasi bilan esa u faqat bitta mashg'ulot o'tkazishga ulgirdi.

"Biroz xavotirda edim. Chunki jamoa bilan juda kam shug'ullandim va sharoit yaxshi emasdi. Ammo yaxshilik qilmoqchi bo'lsang, hammasi yaxshi yakun topadi", - deydi Nani o'yinda keyingi intervyusida.

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan