Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: Rasman Italiya va Ispa | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Rasman Italiya va Ispaniyada transferlar oynasi ochildi

Tuhel: "Lukaku bizning futbolchi. Biz futbolchilarimizni doimo himoya qilamiz"

Salah "Liverpul" safida 229ta bahsda 200ta golda (148+52) ishtirok etdi

Salahning APLdagi gollari soni 16taga yetdi. Uning eng yaqin ta'qibchisi Jota hisobida 10ta gol bor

Mane APL tarixidagi eng tezkor sariq kartochka muallifiga aylandi. U o'yin boshlangach 15-soniyada ogohlantirildi

"Chelsi" so'nggi 6 o'yinda 2 g'alaba va 4 durang qayd etdi. Keyingi bahs "Man.Siti" bilan bo'ladi

Anchelotti: "Futbolchilarim go'yoki dam olishni hali yakunlashmagandek. Ammo dramaga hojat yo'q, biz yetakchimiz"

"Yuventus" yangi hujumchi topmagunicha Moratani "Barselona"ga qo'yib yubormaydi [Fabritsio Romano]

"Chelsi" qishki transferlar oynasida Lukakuni hech qayerga qo'yib yubormaydi [Fabritsio Romano]

"Nyukasl" Trippyer bo'yicha "Atletiko"ga ilk taklifni yubordi [Sky Sports]

Alisson, Firmino va Matipda koronavirus aniqlandi. Hozirda "Liverpul" bosh murabbiyi Kloppda ham kovid aniqlangan

Neymar 3 haftadan so'ng mashg'ulotlarga kirishadi

"Barsa" va Dembele agenti 3-yanvar kuni qayta uchrashishadi. Yangi shartnoma imzolanmasa futbolchi qishda jamoadan ketadi [As]

Obameyang qishda "Yuventus"ga ko'chib o'tishi mumkin [Tuttosport]

Gvardiola: "Arsenal" yaxshiroq o'ynadi. "Man.Siti"dan kuch qolmagandi. Ba'zan tanganing siz xohlagan tomoi tushib qolishi mumkin"

Arteta yordamchisi: "Siti" darvozasiga penalti qo'yilishi kerak edi. Nega hakamlar VARga murojat qilishmadi ? Bu bahsni yutishimiz kerak edi"

Noyer, Koman, Tolisso va Richardsda koronavirus aniqlandi. "Bavariya" ertaga mashg'ulotlarni boshlashi kerak

Rodri "Arsenal" bilan bahs haqida: "Odamlar "Siti" doim yuqori darajada o'ynashi kerak deb hisoblashishadi. Ba'zan bu imkonsiz"

"Milan" Belotti va Skamakkaga qiziqmoqda [Calciomercato]

"Yuventus" Ikardi bo'yicha Parijga ilk taklifni jo'natdi [Di Martsio]

"Liverpul" Bellingemni kuzatib bormoqda. "Borussiya" futbolchisiga Manchester klublari va "Chelsi" ham qiziqmoqda [Fabritsio Romano]

Holand yanvarda "Borussiya"ni tark etmaydi. U yangi klubi borasida bir qarorga kelganicha yo'q [Fabritsio Romano]

Lukaku yozda "Tottenhem"ga o'tishi mumkin. Vlahovich esa "Yuventus"ga [La Gazzetta dello Sport]

Ziyesh Afrika Kubogini o'tkazib yuboradi. Futbolchining terma jamoa bosh murabbiyi bilan aloqasi yaxshi emas [Sky Sports]

Zlatan va Rebich umumjamoa mashg'ulotlariga qaytishdi [MilanNewsit]

Messi kovidga topshirgan test natijasi manfiy chiqmaguniga qadar Argentinada qoladi [RMC Sport]

Xavi "Malyorka" bilan bahsdan so'ng: "Bizda 17 nafar futbolchi yo'q edi. Bu "Barsa" uchun tarixiy g'alaba"

Lyuk de Yong sentabrdan buyon ilk bor "Barselona" safida gol urdi. U 13 bahsda 2ta gol urishga erishdi

"Barsa" rahbari Torresning ro'yxatdan o'tkazilishi haqida: "Demirni sotishimiz yordam berishi kerak. Lyuk bilan vaziyatni ham kuzatmoqdamiz"

Xavi: "Ferran jamoamizga ustunlik beradi. U ajoyib murabbiylar bilan ishlagan va hujumda 3 xil pozitsiyada o'ynay oladi"

Ramsdeyl: "Penaltilar mavjud ikki vaziyatda qarorlar ikki xil bo'ldi"

Vardi jarohati sababli 3-4 hafta maydonga tushmasligi mumkin [Reuters]

Iyul oyida "Barselona" Torres transferining bir qismni "Man.Siti"ga to'laydi [ESPN]

Isaak - qishki transferlar oynasida "Arsenal"ning asosiy maqsadi [Goal]

Tuhel APLdagi maqsad haqida: "Chelsi" hech nimadan voz kechgani yo'q. Nima uchun yarim yo'lda chempionlik poygasidan chiqishimiz kerak ?"

Lukaku: "Inter" - Italiyada men uchun eng yaxshi jamoa. "Yuventus" yoki "Milan" - hech qachon"

"Valensiya" 850 ming yevro evaziga Mamardashvili transfer huquqini sotib oldi

"PSJ"ning 4 futbolchisida koronavirus aniqlandi

Rangnik van de Bek va Kavani haqida: "MYU" ularni olib qolishi kerak. Kavani bilan har kuni suhbatlashaman"

Myatovich "Real" mag'lubiyati haqida: "Yomon o'yin. Ritmsiz va xohishsiz, juda sekin o'yin. O'zgarishlar ham yordam bermadi"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan