Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: Dembele va 'Barselona' | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Dembele va "Barselona" kelisha olmadi [Mundo Deportivo]

Tuhel: "Pulishich bilan bo'lgan vaziyatda 100 foizlik penalti bor edi. Maunt bilan vaziyat ham bahsli edi"

Tuhel Lukakuning gollari haqida: "Hayratdaman. U buni qachongacha davom ettira olishini bilmayman"

Gvardiola "Siti"ni peshqadamligi haqida: "Dekabrda hech kim chempion bo'lmaydi. Bizni hali mag'lubiyat ham kutmoqda"

Rangnik: "Man.Yunayted"ga jamoaviy progress kerak. Aynan bir futbolchining qanday ishtirok etishi muhim emas"

"Man.Siti" APLda ketma-ket 10 o'yinda g'alaba qozondi. Gvardiola boshchiligida "Siti" 4-marta bunday natija qayd etmoqda

"Chelsi" joriy mavsum APLda hisobda oldinda bora turib 11 ochko yo'qotdi. Bu o'tgan mavsumdagidan ko'proq

"Sevilya" Marsialni mavsum oxiriga qadar ijaraga oladi [L'Equipe]

Ferran Torres: "Barsa"ga o'tishim mening futbolchi va shaxs sifatida o'sishim uchun muhim qadam"

Pedri, Fati va Depay "Barselona"da umumiy jamoa maahg'ulotlariga qaytishdi [Marca]

"Yuventus" - "Napoli" bahsi kovid tufayli boshqa muddatga ko'chirilishi mumkin [Goal]

"Chelsi" "Everton"dan Lyuka Dinni ijaraga olishi mumkin [Di Martsio]

"Barsa" yozda top hujumchi sotib olmoqchi. Asosiy maqsad - Holland, Vlahovich va Adeyemi esa unga alternativ sifatida ko'rilmoqda [Diario Sport]

Militao "Real" tarkibida dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

"Inter" Shkrinyar bilan shartnomani 2026-yilga qadar uzaytirishi mumkin [Nikolo Skira]

"Man.Siti" 2021-yilda umumiy hisobda 19 safar o'yinida g'alaba qozondi. Bu APL mutloq rekordiga aylandi

"Barselona" Aspilikueta va Kristensenni tarkibga qo'shib olmoqchi. Ularning shartnomasi yozda o'z yakuniga yetadi [Diario Sport]

Marselo agar "Real" bilan shartnomani uzaytirmasa faoliyatini yakunlashi mumkin [Marca]

Klopp "Lester"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Biz juda yomon o'ynadik. Jamoa ritmni yo'qotdi va uni o'yin davomida topa olmadi"

Salah APLdagi faoliyatida ikkinchi marta penaltini golga aylantira olmadi

Ronaldinyo: "PSJ" dunyoning eng yaxshi jamoasi, Mbappe bu yerda uzoq vaqt qoladi. Ularda Chempionlar ligasini yutish imkoniyati bor"

Mbappe: "Yo'q. Qishda "Real" tarkibiga o'tmayman va mavsumni "PSJ"da tugataman"

"Barselona"da Alba, Alves, Langle, Balde, Umtiti, Dembele va Gavida koronavirus qayd etilgan, Roberto, Breytueyt, Destda jarohat bor

Vinisius, Kurtua, Valverde va Kamavinga kovidga topshirgan test natijalari musbat chiqdi

Bernardu Silva: "APL hozirda eng yaxshi liga. Ispaniya bir necha yil davomida dominantlik qildi"

"Inter" Skamakka uchun "Yuventus" bilan raqobatlashadi [Football Italia]

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan