Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: 'Arsenal' Koutinyoga q | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

"Arsenal" Koutinyoga qiziqishda davom etmoqda [todofichajes]

Gvardiola: "Agueroga o'rinbosar yo'q. "Man.Siti" oxir oqibat hujumchi sotib olmadi. Klub hujumchi sotib olishi kerak"

Rojers: "Ikkinchi golda penalti yo'q edi. Lyaport o'zi yiqilib tushgan edi"

Tuhel: "APL mavsumni davom ettirishga qaror qilgan ekan, demak 5ta o'zgarishga qaytishi kerak. Vaziyat jiddiy"

Konte: "Tottenhem" o'yinini kuchaytirish kerak bo'lgan nuqtalar bor. Pozitiv holat ko'proq, ammo 2 kundan keyin bari o'zgarishi mumkin."

Saka "Arsenal" safida 10ta gol urgan Anelkadan keyingi eng yosh futbolchiga aylandi

Smit-Rou "Arsenal"da zaxiradan maydonga tushib ketma-ket uch o'yinda gol urgan Rositskiydan keyingi ikkinchi futbolchiga aylandi

"Barsa" Messi ortidan pul ishlashda davom etmoqda. Klub Leoning imzosi tushurilgan futbolkalarni 1170 yevrodan, sardorlik bog'ichini esa 643,5 yevrodan sotmoqda [As]

"Real" Beyl va Iskoni yanvarda sotmoqchi. Shuningdek, Azar, Yovich va Dias bo'yicha ham takliflarni ko'rib chiqishga tayyor [Marca]

Vlahovichning orzusi "Real"da o'ynash. Ammo klub unga qiziqayotgani yo'q. Uning asosiy xaridorlari APL klublari, "Yuventus" va "Bavariya" bo'lib turibdi [Sky Sport Italia]

"Roma" "Arsenal"da Meytlend-Naylzni ijaraga olishi mumkin [Di Martsio]

"Sevilya" Marsialga asosiy xaridor ammo maosh borasida muammolar bor [Estadio Deportivo]

Ferran Torres Ispaniyada tibbiy ko'rikdan o'tmoqda [Fabritsio Romano]

Dembelega "MYU", "Liverpul" va "Nyukasl"dan takliflar bo'lmoqda. Futbolchi "Barsa"ning taklifiga javobini aytganicha yo'q [Mundo Deportivo]

Jorjinyo APLda bir taqvim yilida penaltilardan urilgan gollar bo'yicha rekord o'rnatdi

Tuhel Lukaku haqida: "Shifokorlarimiz qarshiligiga qaramay uni maydonga tushirgan edik"

Matich Rangnik haqida: "APL 15 yil avvalgidan ko'ra mukammallashgan. Murabbiy moslashishiga vaqt kerak"

Bonuchchi: "Agar biz Portugaliyaga ro'baro kelsa Ronaldu oyoqlarini ayamaymiz"

"Man.Siti" dunyodagi eng qimmat tarkibga ega klub deb topildi. Jamoa futbolchilari narxi 1004 mlrdga baholandi. Keyingi o'rinlardada "Chelsi" (879), "MYU" (865) va "Liverpul" (861) bormoqda

Janluka Di Martsio: "Holland agentiga agar "Barsa" varianti o'xshamas, "Real" bilan kelishish haqida aytdi. Unga APL yoqmayapti"

Rafinya ijara asosiyda "Real Sosedad" jamoasi tarkibiga qo'shildi

Van Deyk, Tyago va Fabinyo umumiy jamoa mashg'ulotlariga qaytishdi

Alves va Langleda koronavirus aniqlandi

"Nyukasl" qishda Veynaldumni ijaraga olmoqchi [As]

"Yuventus" Skamakkani sotib olmoqchi. "Sassuolo" futbolchi uchun 40 mln yevro so'ramoqda [TMW]

"Nyukasl" qishda Iskoni sotib olish haqida o'ylamoqda [As]

Eto'O, Anchelotti va Dani Alves ispaniya solig'idan katta qarzdorligi ma'lum bo'ldi [Marca]

"Liverpul" "Vest Hem" futbolchisi Bouenga va "Lids" futbolchisi Rafingaya qiziqish bildirmoqda [Liverpool Echo]

Pirlo "Benfika"da ish boshlashi mumkin [Calciomercato]

"Real" Iskoni yozda tekinga qo'yib yuborishga ham tayyor [ABC]

Rojers APL taqvimi haqida: "Bu tartibsiz taqvim. Futbolchilar 72 soatgacha tiklanib ulgurishmaydi"

Mbappe: "PSJ" "Real"ni yutadi. Men 2022-yilda Chempionlar ligasi va mundialda yutmoqchiman"

Sablyos "Real"dan "Betis"ga o'tishga yaqin. Transfer 15 mln yevroga baholanmoqda [Rudi Galetti]

"Real" Ryudiger uchun "Bavariya" va "PSJ" bilan raqobatlashishga tayyor [As]

Hau: "Nyukasl" g'alaba loyiqroq edi. Umid qilaman bu yangi jamoaning qayta uyg'onishi edi"

Rangnik: "MYU"ning o'yini umuman yoqmadi. Lekin ochko olganimiz biz uchun yaxshi natija"

Nevill "MYU" haqida: "Ikki autsayderga qarshi bahsda hech nima ko'rsata olishmadi"

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan