Get Mystery Box with random crypto!

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar: Enrike 'Barsa' haqida: | Hasan Turdialiyev | Rasmiy kanal

Futbol olamidagi so'nggi yangiliklar:

Enrike "Barsa" haqida: "Yaxshi tomonga o'zgarishni ko'rmoqdaman. Xaviga vaqt kerak, ishonch beradigan dori yo'q"

Robertson: "Liverpul"ni xatoga yo'l qo'yishga haqqi yo'q. Tuhel kelgach "Chelsi" juda yaxshi o'ynamoqda"

Pedri: "Messi "Barsa" muxlislari uchun doimo klub afsonasi bo'lib qoladi. U bilan maydonda o'ynash orzum ro'yobi bo'ldi"

Lyoris "Tottenhem" bilan shartnomani uzaytirishga yaqin [Football Insider]

Kurtua La ligada "Bernabeu"da "Atletiko"ga qarshi o'tkazgan o'yinlarning birortasida gol o'tkazib yubormagan

Mbappe "PSJ" safida Fransiya chempionatida 100-golini kiritishga muvaffaq bo'ldi. Parij klubi safida bu ko'rsatkichga avvalroq Kavani (138) va Ibrahimovich (113) yeta olgan edi

"Napoli" "Empoli"ga qarshi bahsdagi mag'lubiyat sababli A Seriyada 4-o'ringa tushib qoldi

Xavi: "Bir ochko yetarli emas. "Barsa" ustunlik qila olmadi va jamoaga sovuqqonlik yetishmayapti"

Pike: "Barsa"da vaziyat jiddiy. Biz yaxshiroq o'ynay olamiz ammo bu uchun futbolchilarning ishga bo'lgan munosabati o'zgarishi kerak"

Kimmix: "Ortga qarab vaksina olmaganimdan afsuslanmoqdaman. Hozir avvalgidek intensiv mashg'ulot olib bora olmayapman"

Anchelotti: "Himoyadagi o'yinimizni ancha yaxshilashga erishdik. Mavsumning birinchi qismi biz uchun yaxshi o'tdi. Ammo ikkinchisida men muvaffaqiyatsizlikka uchraganimni yaxshi eslayman"

"Bavariya" Dembeleni Koman o'rniga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda [Bild]

"Manchester Yunayted" Gaviga qiziqish bildirmoqda. Ayni paytda uning tovon 50 mln yevroni tashkil qilmoqda [Todofichajes]

2021-yilda eng ko'p gol urgan futbolchilar: Levandovski (66), Mbappe (49), Holland (47)

Ibrahimovich TOP5 chempionatlarda 300-golini urishga muvaffaq bo'ldi. XXI asrda bunday natijaga faqat Ronaldu (483) va Messi (475) erishgan

"Man.Siti" 2021-yilda jami 32ta bahsda g'alaba qozondi. Yana bir g'alaba qayd etilsa "Liverpul" tomonidan o'rnatilgan mutloq rekord takrorlanishi mumkin

Simeone: "Hozir "Real" va "Atletiko" o'rtasida farq katta. Menga Anchelottining o'yini yoqmoqda"

Salah mavsum boshidan buyon barcha turnirlarda 22 o'yinda 30ta golda (21+9) ishtirok etdi

Kanalga obuna bo'lish:
@Turdialiyev_Hasan