Get Mystery Box with random crypto!

Ko’nglimdan qolding Chamanday bahorim men edim zoring, Bir um | Kimdur📚

Ko’nglimdan qolding

Chamanday bahorim men edim zoring,
Bir umr sevinching yoringdan tonding,
Endi yolvorib meni desang ham,
Netay talpinganim ko’nglimdan qolding.

Barchadan go'zalroq malak bo'lsang ham
Qalbimda ushalmas tilak bolsang ham
Hammasini unitib uzur so'rsang ham
Netay talpinganim konglimdan qolding

Hech oshiq tushmasin bunday holatga
Yolg'on muhabbat bil tengdir ofatga
Tangrim toqat bergin bu talofatga
Netay talpinganim ko`nglimdan qolding.

Qanotbek Mirzo

P.s. eng yaqin doʻstimning ijodidan.
Endi har kuni tashlab turaman doʻstimning sheʼrlaridan.


@Turdaliyev_Akmal