Get Mystery Box with random crypto!

* Kimdandir plastik karta orqali qarz olsangiz, qaytarishda xi | 𝑻𝒐'𝒓𝒂𝒚𝒆𝒗 𝑶𝒚𝒃𝒆𝒌

* Kimdandir plastik karta orqali qarz olsangiz, qaytarishda xizmat haqini ham qoʻshib oʻtkazing;

* Boshqalarning qancha oylik olishini soʻramang. "Levalar bormi ishda?" deya irjaymang;

* Kimgadir telefon qilganingizda ikkinchi liniyadan tushsangiz bitta chaqiriqdan keyin aloqani uzing. U odamga Siz qidirganingizni anglash uchun shu kifoya. Uzluksiz chaqiriqlaringiz bilan suhbatini xira qilmang;

* Telegramdan (yoki boshqa ijtimoiy tarmoqdan) yozilgan savolga telegramdan javob bering, darhol telefon qilmang;

* Kimgadir qoʻngʻiroq qilsangiz va u tomon javob bermasa, bir sekunddan keyin ham javob bermaydi. Qayta-qayta qoʻngʻiroq qilavermang. Umuman, javob berish u tomonning huquqi, zinhor majburiyati deb qaramang;

* Juma namozi yakunlanganda darhol turib odamlar orasida jaynamozingizni qoqmang;

* Kimdir birorta suratni koʻrsatish uchun telefonini bersa, faqat oʻsha suratni koʻrish bilan cheklaning. Barmogʻingiz bilan keyingilariga oʻtib ketmang. Haqqingiz yoʻq bunga;

* Haddingiz sigʻmagan odamga, yana jamoat orasida ikkinchi xotin, oila masalalarida qochirim qilmang;

* Chorrahalarda toʻxtab turilganda yoningizdagi mashinadagilarga olayib qaramang. Hech kim haqingizni yeb ketmayapti. Nafsilambrini aytganda butkul qaramasangiz yanada yaxshi. Chunki ulov ham birovning mulki, uning ichi kimningdir xonadoni maqomida;

* Kimdir telefonida nimadir qidirayotgan boʻlsa tikilib turmang, boshqalarning monitoriga ruxsatsiz va oʻta zaruratsiz qaramang;

* Umumiy ovqatlanish maskanlarida agar alohida xonada boʻlmasangiz, ayniqsa atrofda ayollar va bolalar boʻlganda soʻzlaringizni ham, ovozingizni ham, kulgingizni ham nazorat qiling.

YouTube | Facebook | Instagram | Telegram