Get Mystery Box with random crypto!

Lobar Turaeva | Uz

Telegram kanalining logotibi turaeva_uz — Lobar Turaeva | Uz L
Telegram kanalining logotibi turaeva_uz — Lobar Turaeva | Uz
Kanal manzili: @turaeva_uz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 28
Kanalning ta’rifi

Tanqidchi, jurnalist,shoira, photograph.
KHISO maktabi PR manageri @khiso

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-03-19 14:31:05
Spring
134 viewsLobarxon Turaeva, 11:31
Ochish/sharhlash
2022-03-17 23:23:13
Ko‘chamizni adashtirmang deb...


Ko‘zlarimga begona uyqu,
Ko‘zlarimda sog‘inch vasvasi.
Nafas olmay turaman bir zum,
Eshtilar deb uning nafasi.

Oramizda bor uzun yillar,
Tin olsam gar o‘tadigandek.
Tuyg‘ularim mavjlanib har gal.
Quyosh Sharqqa botadigandek,
Yillar, zumda o‘tadigandek.

Ey, voh, buncha qimmat bahosi,
Bebahraman diydoringizdan.
Duolarda dardi davosi,
Xabar oling dildoringizdan.

Tangrim, peshonamga bitilgan,
Baxtni bahorlardan bezabsan.
O‘z-o‘zingga oshiq, mavloni,
Qora ko‘zlarimdan izlabsan.

Tutashajak yo‘llarimizning,
Bo‘ylariga ekdim, gul-rayhon.
Ko‘chamizni adashtirmang deb,
Chirog‘imiz yonig‘liq hamon.

Xudojonim, guvohim o‘zing,
So‘zlamadim, hoy-u havasim.
Kurrai-yer aylanar sekin,
Eshtilsin deb uning nafasi.


Lobarxon... 18.03.2022 01:20
114 viewsedited  20:23
Ochish/sharhlash
2022-03-05 09:43:52
Тошкент шаҳрида бўлиб ўтган «The Best Innovator in Science-2022» халқаро танловида Қорақалпоқ давлат университети талабаси, янгибозорлик фаол ижодкор Тураева Лобар ғолиб бўлиб, медаль ва эсдалик совғалари билан тақдирланди.

Унинг «Замонавий журналистиканинг ютуқ ва камчиликлари» мавзусидаги мақоласи халқаро тўпламда нашр қилинди.

Ғолибамизни ютуғи билан табриклаймиз!

Янгибозор туман ҳокимлиги Матбуот хизмати

@yangibozor_hokimligi
85 viewsLobarxon Turaeva, 06:43
Ochish/sharhlash
2022-03-01 11:56:32
​​ KHISO OLIMPIADA MAKTABIDAN AJOYIB KONKURS!
Ushbu tanlov instagram sahifamizda bo‘lib o‘tadi

Qiziqarli olimpiadalar qatorida yana bir tanlovimizga start beramiz.

G‘olib bo‘lish juda oson, buning uchun siz atiga 3 ta shartni bajarsangiz bas:

1.Rasmiy sahifamizga a'zo bo‘ling va shu postni storisingizda qo‘ying (accountingiz ochiq bo‘lishi shart!)

2. Tanlov posti ostiga 3 ta do‘stingizni belgilang

3. Qaysi fandan ko‘proq olimpiada o‘tkazishimizni xohlaysiz? Yozib qoldiring))


Ushbu 3 shart bajarilgandan so'ng sizga tartib raqam beramiz. Ha aytgancha, konkursda faqat bizga obuna bo'lganlargina qatnasha oladi!

Tanlov 7-martgacha davom etadi. G‘oliblar shu kuni soat 20:00 da bizning instagram sahifamiz(@khiso.uz)da jonli efir orqali, random platformasi yordamida aniqlanadi.

G‘olib loyihalarimiz doirasida foydalanish uchun 200.000 so‘mlik vaucher bilan taqdirlanadi.


Barchaga omad, imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

Instagramda bizni kuzatishda davom eting

@khiso.uz
81 viewsLobarxon Turaeva, 08:56
Ochish/sharhlash
2022-02-28 22:40:45 Bahor... Ajoyib fasl.

Ammo, men uni yomon ko‘raman(((
59 viewsLobarxon Turaeva, 19:40
Ochish/sharhlash