Get Mystery Box with random crypto!

Tungi_bitiklar!

Telegram kanalining logotibi tungi_bitiklar — Tungi_bitiklar! T
Telegram kanalining logotibi tungi_bitiklar — Tungi_bitiklar!
Kanal manzili: @tungi_bitiklar
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3

Ratings & Reviews

2.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-02-16 18:10:02 ...

Ichim toʻla dard boʻlsada,
Boʻm boʻsh humga oʻxshayman.
Alamlarim bir dunyo,
Ammo koʻnib yashayman,
Borar joyim aniq, naqt.
Borarga lek shoshmayman,
Maydalasin hop hayot,
Ammo kulib yashayman.
Yashamoq ogʻir demang,
Ogʻzingizni toldirib,
Savob ishlar qilingiz,
Yaxshi nomlar qoldirib.

Tojiyeva
16.02.2022
244 viewsFarhodovna, 15:10
Ochish/sharhlash
2022-02-16 17:49:02 Kayfiyat sovgʻa qilish ham bir san'atdir
235 viewsFarhodovna, 14:49
Ochish/sharhlash
2022-01-08 20:42:59
Qish bu- moʻjiza...
250 viewsFarhodovna, 17:42
Ochish/sharhlash
2022-01-03 12:17:25
Qorni juda yaxshi koʻraman. Qor boʻlganligi uchun emas moʻjiza boʻlganligi uchun. Aynan qor mavsumida oʻzimni taniyman va oʻzim bilan tanishaman oʻzim uchun vaqt ajrataman va xotiralarim ham bundan chetda qolmaydi. Barcha yoqimli xotiralarim qish fasli bilan bogʻliq, bilmadim nega? menimcha sovuqda muzlab qolgan va erishga ulgurmagan. Oppoq moʻjizam meni bu yil rosa kuttirdi negadir meni sogʻinmaganmi unisini bilmadim.
Lekin shunisi aniqki qor boʻlishi bilan yaxshi kunlarim sanogʻi yana ortadi va menga olam olam quvonch beradi...

@Tungi_bitiklar
194 viewsFarhodovna, edited  09:17
Ochish/sharhlash
2021-10-04 22:16:32 Qoʻrquvim

Qoʻrquv qora solar shirin jonimga,
Oʻylarim qiynalar tunlarda hamon.
Titrayman, muzlayman toʻlgʻonib goʻho
Azoblar, tinch qoʻying, qoʻyinglar omon.

Sirqillab ogʻriqlar tish*gacha borar,
Vujud dod soladi qaynab vulqoni.
Oʻpkalar oʻpkalab nafas tiqilar.
Yurak hayqiradi toshib oʻpqoni

Koʻzlarda yosh emas xuddi suv qaynar,
Barmoqlar boʻysunmas biriga, tavba.
Oyoqlar chalishar, goho yoʻl saylar,
Soniyalar oʻtmaydi goʻyo yil, oylar.

Nigora
137 viewsFarhodovna, 19:16
Ochish/sharhlash
2021-09-13 22:43:23 Bir zum sukut istar, bu pora yurak.
Suyukli insonlar, qilar gʻalayon.
Tuygʻular elakdan obdon saralab,
Umidvor tilakni qilar chalajon.

Bir zum sukut xoxlar, bu mungli koʻzlar,
Achchiq koʻzyoshlardan zada boʻldi u.
Kipriklar madorsiz, jonsiz, ishonchsiz,
Bari aytar soʻzlar dilda qoldiku.

Bir zum sukut istar bu pora yurak.
Bir zum sukut xoxlar bu mungli koʻzlar.
Tojiyeva Nigora
126 viewsFarhodovna, 19:43
Ochish/sharhlash
2021-07-23 20:49:32 Bu koʻngilning egasi oʻzi ham tushunmaydi neni istaydiyu neni xohlaydi
118 viewsFarhodovna, 17:49
Ochish/sharhlash
2021-07-20 22:17:19 ...

Oyni ham choʻktirdi, oʻsha bulutlar.
Yulduzlar yonida yigʻlaydi yum yum.
Oy aytar
Tush...
Jim ovozlanma,
Buni hayot derlar, shudir hayot jim...
Odamlar ichida yuraman behol,
Parvoyi palakka kelmaydi.
Qanchalar dunyoda mehr bor,
Hattoki oʻzlari bilmaydi.
Urilib turtilib yoʻl axtaraman,
Yoʻl bering odamlar...
Jilmaydi.
Qoʻlidan kelsada yaxshilik,
Negadir savoblar qilmaydi.

Tojiyeva Nigora
116 viewsFarhodovna, 19:17
Ochish/sharhlash
2021-06-24 22:07:47 Insonlarni yolgʻizlik bilan jazolash kerak ekan.
Nimaga deysizmi?
Negaligini tushunmagan boʻlsangiz unda juda baxtiyor inson ekansiz.
117 viewsFarhodovna, 19:07
Ochish/sharhlash
2021-06-12 00:33:17 ...

Tong yaqin koʻzga na keladi uyqu
Xotirlar oʻngimdan oʻtar betoʻxtov
Shabboda silagan vujud titraydi
Bu koʻngil,bu koʻzlar qachon uxlaydi?

Oftob choq mulgilar, ikki juft charos
Bedor tunlarimning guvohi koʻngil
Na qilay taqdirim bori shu ekan
Arzni qoʻy nozni qoʻy indama koʻngil
115 viewsFarhodovna, 21:33
Ochish/sharhlash