Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli 1 va 3-bosqich talabalari! Sizlarga 07.02.2022 yil (d | TUIT dan gapiramiz

Hurmatli 1 va 3-bosqich talabalari! Sizlarga 07.02.2022 yil (dushanba) kunidan kuzgi semester fanlari uchun yakuniy nazoratlar boshlanishini ma’lum qilamiz.
1-bosqich talabalari uchun:
07.02.2022 sanada soat 11:00 da “ Xorijiy til” (Ingliz, Fransuz va Nemis) fanidan yakuniy nazorat bo’lib o’tadi. Yakuniy nazorat uchun 1 soat vaqt beriladi. Yakuniy nazorat testi 20 ta savoldan iborat bo’lib,
1-10 savollarga 2 balldan, 11-20 savollarga 3 balldan beriladi.
3-bosqich talabalari uchun:
07.02.2022 sanada soat 14:00 da “Kompyuter tarmoqlari” fanidan yakuniy nazorat bo’lib o’tadi. Yakuniy nazorat uchun 1 soat vaqt beriladi. Yakuniy nazorat testi 30 ta savoldan iborat bo’lib, 1-15 savollarga 1 balldan, 16-25 savollarga 2 balldan, 26-30 savollarga
3 balldan beriladi.

@tuitdangapiramiz