Get Mystery Box with random crypto!

Har bir ilm beruvchi inson uchun talab! Bolalarga Ilm berishd | Tuhfa_for_moms🧕

Har bir ilm beruvchi inson uchun talab!

Bolalarga Ilm berishda punktual va talabchan bo'ling!
Masalan biror bog'chada bolalar tarbiyachisisiz!

Bilamiz, ba'zi bolalar bog'chasida nonushta 9:00da, qabul esa 8:00, shunga ko'ra, vaqtli 8 larda kelgan bolalar bilan shug'ullanib turing, goho alohida-alohida, goho jamoaviy bola soniga qarab..

Misol uchun arg'imchoqlarni yoki o'yinchoqlarni rangini so'rang, kiygan kiyimini nima deb nomlanishini, soat hozir nechiligini, yoshi nechdaligi, xullas bola bilan muloqot qiling, (rus tilida ham so'zlashavering, bilmaydi-ku demang) bu bolani nutqini, tasavvurini rivojlantiradi!

Bolalarni vaqti bog'chalarda zoye ketmasin, har kuni biron nima o'rganib kelsin!

O'tgan kunlar, oylar, yillar qaytib kelmaydi, ulardan unumli foydalantiring!

Bolalarni behuda ketgan vaqtiga biz javob beramiz, chunki ular barini bizdan o'rganishadi!

Ammo, bir masala bor, buvi-do'da va ovsinlar bilan turadigan holiday barcha xatoliklarni qayta-qayta urinsangiz ham oxirigacha to'g'irlashni iloji yo'q ‍ , shunday ekan, so'nggi va muvaffaqiyatli qadam:

Allohga topshiring, Alloh o'zi farzandlarimizni go'zal tarbiya qilsin, shu bilan birga bizni ham!