Get Mystery Box with random crypto!

Bola bilan do'konga kirish odobi? Avvalo salom berib kir | Tuhfa_for_moms🧕

Bola bilan do'konga kirish odobi?

Avvalo salom berib kiring, bola o'rganadi! (So'zboshi salom ekanligini)

Atak-chechak qiladigan bola bo'lsa, qo'lidan ushlab oling! ( yeqilib do'konning tovarlarini to'kib yubormasin)

Biron nimaga teyishidan oldin, bu do'kon egasini, shu amakini narsalari biz tegmaymiz, tomosha qilamiz deb ayting!

bolaga Nima olib beray deyish xato!

bola do'konga Nima yaxwi,Nima yaroqli, bolalarga zarar yo zarar emas, bilmaydi!

oq-u qorani bilmaydigan bolalarga tanlov qo'yilmaydi!(uni yisammi bunimi, uni kiyasammi bunimi deyilmaydi)

lekin bolani meni shakllanayotgan paytda uning ko'ngliga qarash zarur! (ovqat yegisi kelmasa yemasin, qorni ochsa o'zi kelib yeydi, majburlab tiqish xato! Aks holda asabiy va o'jar bo'lib katta bo'lishi mumkin!)

Xarid davomida bolani hechnarsaga tegmasligiga ko'zingiz yetsa, uni bo'sh qo'ying, ijtimoiy muhitda O'zini erkin his qilishni o'rgansin!

xarid tugaganidan so'ng, sotib olgan buyumingiz yo mahsulotingizni uyga borib yeymiz in shaa Allah deb kerakli joyga (mashinaga, bolalar aravachasiga..) qo'ying!

bola o'zi ko'tarishni xohlasa, bering, ushlab uygacha borsin!(qo'lida bo'la turb,sabr qilishni o'rganadi)

Uyga kelgach, og'zi va qo'lini yuvib, stulga o'tqazib, yesa bo'ladigan narsasini yesin (Bola sabr qilsa, istagiga erishishini o'rganadi)