Get Mystery Box with random crypto!

Bola sizdan berkitib biror ishni qilayaptimi , demak uni ko'p | Tuhfa_for_moms🧕

Bola sizdan berkitib biror ishni qilayaptimi , demak uni ko'p tergar ekansiz!

Bola qo'rqoqmi , demak uni tahdid bilan katta qilayapsiz!

Bola qizg'anchiqmi , demak olish-berish, ulashishni o'rgatmagansiz!

Bola telefon-gadjetlarni sevib o'ynaydimi , demak telefondan qanday foydalanishni o'rgatmagan ekansiz!

Bola urushqoqmi , demak uni sahiylikka, yumshoqlikka o'rgatmagansiz!

Bola ruchkani to'g'ri ushlolmayaptimi , demak qo'l motorikasi o'yinlarini deyarli o'ynatmagansiz!

Bola yerga yotib yig'laydimi , demak uning fiklarini inobatga olmas ekansiz, u bilan kelisha olmas ekansiz! Uni asabiy qilib qo'ygansiz!

Bola kamgapmi , demak u bilan deyarli gaplashmas ekansiz!