Get Mystery Box with random crypto!

TTYESI

Telegram kanalining logotibi ttyesimatbuot — TTYESI T
Telegram kanalining logotibi ttyesimatbuot — TTYESI
Kanal manzili: @ttyesimatbuot
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.13K
Kanalning ta’rifi

Instagram: https://instagram.com/ttyesi_official?igshid=ZDg1NjBiNjg=
Facebook: https://www.facebook.com/hiloa.yoldashaliyeva
YouTube: www.youtube.com/results?search_query=@TTYeSI-Matbuot xizmati

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-08-31 07:05:22
#TTYeSI #Tyutor

Tyutorlarning faoliyati oʻrganildi

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi xodimlari tomonidan OʻzDJTU, OʻzMU, TMI, TDPU, TATU, shu jumladan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tyutorlarining yangi 2022/2023-oʻquv yiliga tayyorgarlik holati, xususan, o'ziga biriktirilgan talabalar bilan ishlash rejasi, boshqa viloyatdan kelib tahsil oladigan talabalarni TTJ yoki ijara xonadonlari bilan taʼminlash borasidagi faoliyati batafsil oʻrganilib chiqildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
447 views04:05
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:46:26
#Tavallud_muborak

Joriy yilning 30-avgust kuni Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilish avvalida fakultetda uzoq yillar mehnat qilib kelayotgan “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori, Beruniy nomidagi davlat mukofoti sovrindori, Respublikada xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi xodimi, xalqaro muhandislar akademiyasining akademigi, Qozog‘iston Respublikasi tabiiy fanlar Akademiyasining akademigi, Qozog‘iston Milliy fanlar akademiyasi “Nazariy va amaliy mexanika” Milliy qo‘mitasining a’zosi, tajribali, zahmatkash ustoz, mehnatsevar, hozirjavob, fidoyi inson, 60 yillik ilmiy, nazariy va pedagogik faoliyatga ega, paxta, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab, fidokorona mehnat qilib kelayotgan Mardonov Botir Mardonovichning 80 yoshga to‘lganligi munosabati bilan institut rahbariyati hamda fakultet jamoasi tomonidan muborakbod etildi.
853 views16:46
Ochish/sharhlash
2022-08-30 08:41:53
#kitob #tavsiya #ttyesi

Jaloliddin Rumiy "Yetti majlis"

Jaloliddin Rumiyning ilmiy va adabiy merosi g'oyat katta.
Go'zal, masnaviy va ruboiylarni o'z ichiga oladigan "Devoni kabir" (Ulug' devon"), falsafiy-sufiyona mushohadalar, ruhiyat dialektikasini kashf etib, inson aqlini lol qoldirgan teranlik bilan yozilgan "Masnaviy-ma'naviy", "Maktubot", "Fihi mo fixiy" ("Ichingdagi ichindadir") nomli asarlarini butun dunyo sevib o'qiydi. Siz azizlar uchun havola etilayotgan mazkur kitob Rumiy dunyosining yangi manzillarini ochadi, kitobxonni Rumiy bilan qayta yuzlashtiradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
945 views05:41
Ochish/sharhlash
2022-08-30 07:31:20
#TTYeSI #Kengash_uchrashuvi

Rektor boshchiligida Institut Kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 29-avgust kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Vaxabov raisligida o‘quv yurtining barcha xodimlar jamoasi ishtirokida Institut Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastavval, faxrli ustozlardan biri bo‘lgan Gularam Masharipovaga Turon fanlar akademiyasi akademigi ilmiy unvoni berilganligi munosabati bilan guvohnoma, ko‘krak nishoni va diplom tantanali ravishda taqdim qilinib, samimiy muborakbod etildi.

Shuningdek, mazkur uchrashuv kun tartibidan o‘rin olgan institut hayotiga oid o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va xalqaro hamkorlik ishlari prorektorlar tomonidan ma’ruza qilinib, hisobotlar tinglandi. Xususan, bo‘lim boshliqlari tomonidan esa turli masalalar aytib o‘tildi hamda muhokama etilib, tasdiqlandi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
990 views04:31
Ochish/sharhlash
2022-08-10 20:11:21
Президент шахматчиларимизнинг ютуқлари боксчиларимизникидан ҳеч ҳам қолишмаслигини, уларга ҳам бошқа мукофотлар қатори машиналар совға қилинишини таъкидлади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
808 views17:11
Ochish/sharhlash
2022-08-09 17:14:10
Президентимиз Шавкат Мирзиёев Ҳиндистоннинг Ченнай шаҳрида бўлиб ўтган 44-Бутунжаҳон шахмат олимпиадасида чемпионликни қўлга киритган жамоамиз билан телефон орқали мулоқот қилиб, уларни ушбу буюк ғалаба билан қизғин табриклади.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
764 views14:14
Ochish/sharhlash
2022-08-09 14:44:05
Yoshlarimizga g’alaba muborak!

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 44-Shaxmat olimpiadasida biror marta mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa sifatida chempion bo‘ldi!

Yurtimiz nomini dunyoga tanitayotgan yosh qahramonlardan biri Nodirbek Abdusattorov joriy yilda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutiga tashrif buyurib, professor-o’qituvchilar va talaba-yoshlar o’rsatida ijodiy uchrashuvda ishtirok etgan.

Nodirbek va uning safdoshlari erishayotgan g’alabalari bardavom bo’lsin. Yoshlarga namuna sifatida bundan keyin ham yuqori marralar nasib qilsin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
1.0K views11:44
Ochish/sharhlash
2022-08-09 14:44:03
#Ijodiy_uchrashuv
#Motivatsiya

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindori Nodirbek Abdusattorov ishtirokidagi uchrashuvdan videolavha!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
1.0K viewsedited  11:44
Ochish/sharhlash
2022-08-08 10:44:42
#Yangi_oʻquv_yili
#imtihon_jarayonlari

Bugun 8-avgust kunidan e’tiboran respublikamizning oliy ta'lim muassasalariga bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun kirish imtihonlari boshlandi.

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti doktorantlar jamoasi ushbu jarayonda (Paxtakor stadioni 4-sektor) abituriyentlarga sharoit va qulaylik yaratishda faol ishtirok etishmoqda.

O’qishga kirish istagida bo’lgan barcha abituriyentlarga omad yor bo’lsin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Web-sayt
1.2K viewsedited  07:44
Ochish/sharhlash
2022-08-05 10:44:43
#ttyesi #kitobxon #tavsiya

Yosh boʼlishiga qaramay, millionlab turk kitobxonlari mehrini qozonib ulgurgan Mirach Chagʼri Oqtoshning ushbu kitobi ilk bor oʼzbek tiliga oʼgirilib, oʼquvchilar hukmiga taqdim etilmoqda.

Mazkur asarida muallif muqaddas Qurʼoni Karimdagi suralar, paygʼambarlar hayotidan ibratli voqealardan misollar, jahonga tanilgan koʼplab mutafakkirlar, donishmand allomalarning purmaʼno fikrlaridan iqtiboslar keltirib, falsafiy mushohada yuritadi. U insonlarni ezgulikka, xayru saxovat koʼrsatishga, doimo yaxshilik qilish va kek saqlamaslikka chorlab, sabr-qanoatli boʼlishga undaydi; hayotdagi qiyinchiliklar Аllohning bir sinovi ekani, ular oldida esankiramay, muammolarga yechim izlash, doimo olgʼa intilish zarurligini uqtiradi, oʼquvchida shukronalik tuygʼularini uygʼotadi. Kitob keng kitobxonlar ommasiga moʼljallangan.

Maroqli va mazmunli mutolaa tilaymiz!
1.8K views07:44
Ochish/sharhlash